Ilmiy amaliyot hujjatlari
-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
3-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish
17. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka davomida magistratura talabasi tomonidan stajirovka dasturining oz vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va zarur hollarda, unga amaliy komaklashib boradi. Stajirovka nazorati elektron ravishda yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari (telefon, faks va boshqa vositalar) orqali amalga oshirilishi mumkin. 18. OTMdan stajirovka rahbari: magistratura talabalarini stajirovka otash joylariga taqsimlashda ishtirok etadi; magistratura talabasiga berish uchun OTMning tegishli bolinmasidan stajirovka kundaligini qabul qilib oladi; stajirovka otash dasturini ishlab chiqadi; magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi; stajirovka otash uchun ketayotgan magistratura talabasiga zarur yol-yoriqlar beradi; magistratura talabasining stajirovka otash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi; qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan stajirovka otash holati boyicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi; magistratura talabasiga stajirovka otash dasturini bajarish boyicha uslubiy yordam korsatadi; zarur hollarda, stajirovka otash joylariga borish orqali stajirovka otash tartibiga magistratura talabasi tomonidan rioya qilinishini, stajirovka otash dasturi bajarilishini nazorat qiladi; stajirovka otashni takomillashtirish yuzasidan oz taklif va mulohazalarini OTM kengashida korib chiqish uchun taqdim etadi. 19. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari: stajirovkani tashkil etish boyicha buyruq (qaror) qabul qiladi; malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajirovka rahbarini tayinlaydi; magistratura talabasiga stajirovka otash dasturiga muvofiq stajirovka otash uchun zarur sharoitlar yaratilishini taminlaydi. 20. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari: tashkilotda magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi; magistratura talabasiga zarur yol-yoriqlar va tushuntirishlar beradi; magistratura talabasini qabul qiluvchi tashkilot obyektlarining tuzilishi, faoliyat yonalishlari va boshqa oziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi; magistratura talabasining stajirovka otash dasturiga taalluqli zarur materiallardan foydalanishini taminlaydi; magistratura talabasiga stajirovka otash dasturida nazarda tutilgan masalalar boyicha zarur maslahatlar beradi; magistratura talabasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va stajirovka kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi; OTMdan stajirovka rahbari bilan stajirovka otash holati boyicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi; stajirovka kundaligining tegishli qismlarini imzolaydi, imzo qabul qiluvchi tashkilot muhri (muhr mavjud bolgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi; OTMdagi stajirovka rahbari yoki OTM rahbariyatini magistratura talabasining stajirovka otash uchun kelmayotganligi yoki u tomonidan stajirovka otash dasturi bajarilmayotganligi yoxud mehnat intizomi buzilayotganligi haqida xabardor qiladi; 21. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistratura talabasidan stajirovka otash dasturi bilan bogliq bolmagan vazifa va topshiriqlarni bajarishni talab etishga haqli emas. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling