Ilmiy amaliyot to’G’risida shartnoma №


Download 39.95 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.95 Kb.
#1829187
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy amaliyot shartnoma

Qo’shimcha shartlar:

4.1. Tomonlar o’zaro manfaatli masalalar bo’yicha axborot almashish, birgalikda maslahatlashish, seminarlar, onlayn va oflayn tadbirlar o’tkazish, uchinchi shaxslar bilan ta’lim, ilmiy-texnik munosabatlarni o’rganish kabi hamkorlik tadbirlari natijalari bilan bir-birlarini xabardor qiladi.


4.2. Tomonlar mazkur shartnomada qayd etilgan yo’nalishlarda chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida konfidentsial hisoblangan ma’lumot va axborotlarni har qanday uchinchi tomonga tarqatmaslik (ochiqlamaslik) majburiyatini oladi, tomonlarning biridan yozma rozilik olish holati bundan mustasno.


4.3. Tomonlar ushbu shartnoma doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha hamkorlik rejalarini ishlab chiqadi, maslahatlashuv, fikr almashish, hisobot va ma’lumotnoma berishga rozilik bildiradi.


4.4. Tomonlarning birgalikda olib borayotgan ishlariga yoki ish bajarilish vaqtida qo’shayotgan hissasi kechiktirilsa yoki qoldirilsa, tomonlar yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda hamda muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan barcha mumkin bo’lgan harakatlarni birgalikda amalga oshiradi.




5. Fors-major

5.1. Yengib bo’lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar tufayli shartnoma majburiyatlarining qisman yoki to’laligicha bajarilmaganligi uchun taraflar javobgarlikdan ozod etiladi;


5.2. Shartnoma bo’yicha taraflar o’z majburiyatini bajara olmaydigan bo’lganda, 5 (besh) ish kuni ichida boshqa tarafga sababini ko’rsatgan holda xabar berishi lozim;


5.3. Agar bunday ahvol bir oydan ko’proq davom etilsa, taraflar shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo’ladi.




6. Shartnomaning amal qilishi:

6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.


6.2. Taraflar o’rtasidagi munosabatlar ular tomonidan ushbu shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar amalda bo’ladi.


6.3 Tomonlarning har biri boshqa tarafga shartnomani bekor qilish istagini bildirgan sanadan ikki hafta avval bekor qilish to’g’risida yozma xabarnoma yuborish orqali, istalgan vaqtda shartnoma doirasidagi faoliyatini to’xtatishga haqli.


6.4. Mazkur shartnomani bekor qilish shartnoma doirasida amalga oshirilgan har qanday harakat yoki dasturlarga hamda tomonlarning majburiyatlari mavjud bo’lgan, bajarilayotgan vazifalarga zarar yetkazmasligi kerak.


6.5. Taraflarning kelishuviga ko’ra, ushbu shartnomaga yozma ravishda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin, qo’shimcha va o’zgartirishlar


shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida kelishuv shaklida rasmiylashtiriladi.





Download 39.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling