Ilmiy amaliyot to’G’risida shartnoma №


Korxonaning huquq va majburiyatlari


Download 39.95 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.95 Kb.
#1829187
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy amaliyot shartnoma

3. Korxonaning huquq va majburiyatlari:

3.1. Magistrlarni korxonada ilmiy amaliyot o’tashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi va magistrlar amaliyot davrida o’rganishlari shart bo’lgan mavzularni o’rganishi uchun korxonaning malakali mutaxassislariga biriktiradi;


3.2. Mas’ul xodimlari tomonidan magistrlarga yong’inga qarshi kurash va texnika xavfsizligi bo’yicha tushuntirishlar beradi, shuningdek, korxonaning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari bilan tanishtiradi;


3.3. Korxonaning yo’nalishi va mutaxassisliklar bo’yicha magistrlarni taqsimlaydi, ushbu yo’nalishlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;


3.4. Magistrlarga ilmiy amaliyot dasturiga taalluqli asbob-uskuna, jihozlar va boshqa resurslardan foydalanish tartib-qoidalarini o’rgatadi hamda ularga amaliyot dasturida qayd etilgan mavzularni amalda o’rgatadi, magistrlarning amaliyotda to’liq ishtirok etishi va o’rgatishi bo’yicha ma’sul hisoblanadi;


3.5. Magistr amaliyot kunining belgilangan davomiyligiga rioya etishini nazorat qiladi;


3.6. Biriktirgan xodimi har ish kuni yakuni bo’yicha magistrlar tomonidan o’rganilgan ishlari yuzasidan muhokama tashkil etishi va ularga tegishli tavsiyalar berishini nazorat qiladi;


3.7. Ilmiy amaliyot kundaligiga mas’ul xodim tomonidan magistrning ijobiy va salbiy fazilatlari, uning o’zlashtirish darajasi va boshqa holatlar bo’yicha yozuvlar kiritilishi va amaliyot davrida egallagan ko’nikmalari baholanishini ta’minlaydi;


3.8. Ilmiy amaliyotda yuqori natijalarga erishgan va kasbiy mahoratini namoyon etgan magistrlarga ishga joylashish uchun zarur hollarda o’z tavsiyalarini beradi;


3.9. Amaliyot davrida o’rganishlari shart bo’lgan mavzularni o’zlashtirmagan magistrlarga qayta o’rganishlari uchun imkoniyat yaratadi;


3.10. Magistr ilmiy amaliyoti davomida dasturda qayd etilgan o’quv mavzular bo’yicha nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lishini ta’minlaydi;






  1. Download 39.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling