10-mavzu Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati
Download 153.08 Kb.
|
10 - мавзу
10-mavzu Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati«Menda ikkita yo‘l bor edi: birinchisi – o‘g‘irlash hamda do‘stlarim va qarindoshlarimni «Forbes» ro‘yxatiga kiritish, bu bilan xalqimni qup-quruq yer ustida qoldirish, ikkinchisi – xalqimga xizmat qilish va mamlakatni dunyoning eng yaxshi mamlakatlari o‘ntaligiga kiritish. Men ikkinchisini tanladim». Bu so‘zlar g‘oyat qiyin va murakkab sharoitda Malayziya tarkibidan ajralib chiqqan Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning iqtisodi baquvvat, korrupsiyadan xoli, bugun ham rivojlanishdan to‘xtamayotgan mamlakatga aylantirgan, barcha xalqaro reytinglarda birinchilikni saqlab kelayotgan ushbu mamlakatga uzoq yillar boshchilik qilgan mashhur davlat arbobi Li Kuan Yuning qimmatli so‘zlaridan bir parcha, xolos. Xo‘sh, korrupsiyani yengish mumkinmi? Ko‘pchilik dunyoda korrupsiya balosini yengish ancha dushvor ish, uning ildizlari shu darajada tomir otganki, uni tag-tubi bilan sug‘urish qiyin, deyishadi. Biroq singapurlik davlat arbobining korrupsiyani yengib, «yanchib» o‘z yurtida chinakam «mo‘jiza», farovonlik sari «buyuk sakrash»ni amalga oshirgani yuqoridagi savol va ikkilanishga munosib javob bo‘lishi mumkin. Ushbu davlat allaqachon shiddat bilan rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olishga ulgurdi. Endi u o‘zining yirik biznes markazlari, banklariga, osmono‘par binolariga, chiroyli yo‘llar, eng yaxshi ta’lim va rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimiga ega. «Singapur tajribasi» yoki «Singapur sifati» degan atama paydo bo‘lgan. Singapur qanday qilib qisqa vaqt ichida bunday natijalarga erishdi? 1950-yillarda Singapurda pora ochiq tarzda olingan va hatto bu illat mahalliy hokimiyatlarda an’anaga ham aylanib ulgurgandi. To‘g‘ri, mamlakatni modernizatsiya qilishda ustuvor yo‘nalishlar: investitsiya va innovatsiyalarni rivojlantirish, ijtimoiy modernizatsiya, siyosiy barqarorlik muhim omil bo‘ldi. Biroq mamlakat taraqqiyotining eng muhim omili sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvorlik kasb etdi. Hukumat rahbari shaxsiy aloqalaridan qat’i nazar, korrupsiyani yo‘q qilishni asosiy vazifa qilib belgiladi. Shu vaqtdan boshlab mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus byuro tuzilib, u Bosh vazirga shaxsan hisobot beradigan bo‘ldi. Mazkur Byuro xodimlariga keng vakolatlar bilan birga, korrupsiyada gumon qilinganlarni qidirish, hibsga olish, ularning qarindoshlari va kafillarini tergov qilish, korrupsiya ishini yuritish jarayonida aniqlangan har qanday huquqbuzarliklarni tekshirish topshirig‘ini berdi. Hattoki Li Kuan Yu korrupsiya bilan qo‘lga tushgan qarindoshlarini ham ayovsiz jazoladi. Shuningdek, hukumat rahbari sudya va davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirdi. Mas’uliyatli lavozimlarda ishlaydigan davlat xizmatchilarining ish haqi xususiy korporatsiyalarning top-menejerlari bilan taqqoslanadigan darajaga ko‘tarildi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining axloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham mazkur davlatda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, dunyo olimlari va siyosatchilari davlat arbobi Li Kuan Yu qat’iyat va ishonch bilan o‘tkazgan islohotlarni bejiz «inqilobiy» deb atashmagan. Download 153.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling