10-mavzu Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati
G‘avvos tama qilib marvarid, marjon
Download 153.08 Kb.
|
10 - мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reytingda yana yuqoriladik
- Xulosa o‘rnida
G‘avvos tama qilib marvarid, marjon,
Oxir fido qilur unga shirin jon. Darhaqiqat, halollik inson tabiatidagi eng go‘zal tuyg‘u bo‘lib, aynan mana shu tuyg‘u orqali u boshqalarning mehr-muhabbatini qozonadi. Qalbi pok va toza, halol yo‘ldan yurgan insonning hamisha ko‘ngli ravshan, xotirjam bo‘ladi. Keyingi paytlarda ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, shaxsiy tarkib o‘rtasida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifat jihatdan yangi pog‘onalarga ko‘tarildi, xodimlarning bilim saviyasini yanada yuksaltirish, halol, sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada halollikni shior qilgan xodimlar ko‘plab uchramoqda. Xodimlar fuqarolar tomonidan taklif etilayotgan poralarni olmasdan, uning huquqiy oqibatlari haqida qayta-qayta tushuntirishmoqda, o‘z fikridan qaytmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda vakolatli organga murojaat qilishmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida respublika bo‘yicha jami 2965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. so‘mi undirilgan. Reytingda yana yuqoriladik O‘zbekiston «Open Data Watch» tashkilotining «Open Data Inventory» (ODIN) Ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 40-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi. Mazkur reyting mamlakatning statistik takliflari qanchalik to‘liqligini va ulardagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi. Uning 2022-yilgi natijalarida birinchi o‘rinni Singapur egallagan. Keyingi pog‘onalarni esa Daniya, Finlandiya band etgan. Mintaqa mamlakatlari hisoblangan, Qozog‘iston 48, Qirg‘iziston 89, Tojikiston 120, Turkmaniston 192-o‘rinlarda qayd etilgan. Xulosa o‘rnida Inson har bir ishda halollikni ustuvor bilsa, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyat ham barakali va fayzli bo‘ladi. Shuningdek, ko‘zi to‘q, halol va pok, kishilarga ezgulik ulashuvchi insonning umri osoyishtalikda, farovonlikda o‘tib, el-yurt orasida obro‘-e’tibor qozonadi. Eng muhimi, yurtda tinchlik, jamiyatda barqarorlik hukm suradi. Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish adolatli jamiyat barpo etishdek ulug‘vor maqsadga erishishimizda muhim o‘rin tutishini hech qachon unutmasligimiz lozim. Azizjon FAYZIYEV, mayor. Download 153.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling