10-mavzu Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati
Islohot islohot uchun emas, inson qadri uchun
Download 153.08 Kb.
|
10 - мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halollik – insoniylik belgisi
Islohot islohot uchun emas, inson qadri uchun
Korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, sohada normativ-huquqiy bazani tizimli ravishda takomillashtirib borish choralari ko‘rilmoqda. Fikrimizning isboti o‘laroq, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunning kuchga kirgani, shuningdek, turli qonunosti hujjatlarining qabul qilinganini keltirish mumkin. Shuningdek, qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini ta’minlash va bu borada xalqaro hamkorlikni ta’minlash kabi choralar mustahkamlab qo‘yildi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarning asosida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bundan tashqari, budjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, budjet qonunchiligining buzilishi faktlari to‘g‘risida xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tartib-taomilini tashkil etish bo‘yicha «Openbudget» – «Ochiq budjet» portali ishga tushirildi. Bir so‘z bilan aytganda, islohot islohot uchun emas «inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanib amalga oshirilmoqda. Halollik – insoniylik belgisi Azaldan xalqimiz halollik, poklik kabi fazilatlarga alohida e’tibor berib, bu xislatlarga inson umrining xotirjam, osoyishta va farovon o‘tishiga kafolat sifatida qarab kelgan. Shu bilan birga, bunday yuksak insoniy fazilatlar kishilar ma’naviyatini shakllantirishda asosiy omil, deya e’tirof etilgan. Halollik haqida ko‘p va xo‘p gapiramiz-u, ammo unga amal qilish oson emas. Halollikni shior qilgan inson bunday fazilat bilan hamisha faxrlanadi. Biroq ayrimlar egri va nopok yo‘lni tanlab, boshi berk ko‘chaga kirib qolganliklarini kech anglashadi. Bunga, albatta, nafs balosi sababchi bo‘ladi. O‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, ehtiyojga erk berish esa nafsni rag‘batlantiradi. Bunday holatda nafsni jilovlab bo‘lmaydi. Ulug‘ alloma Nosir Xisrav aytganlaridek: Download 153.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling