Ilmiy boshqaruv maktabi asoschilari haqida maʼlumot bering Reja


Download 32.22 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi32.22 Kb.
#1280709
Bog'liq
1.Ilmiy boshqaruv maktabi asoschilari haqida


Ilmiy boshqaruv maktabi asoschilari haqida
maʼlumot bering
Reja:
Kirish

  1. Menejmentning ilmiy maktablari.

  2. Ilmiy boshqaruv maktabining yuzaga kelishi

  3. F.Xertsberg

Xulosa

Menejmentning ilmiy maktablari. Boshqaruv ilmiy fan sifatida evolyutsiya yo’li bilan tashkil bo’ldi. Bu tarixiy yo’lda menejmentni rivojlantirishning biri-biridan farqlanuvchi maktablarini XX asrning birinchi yarmidan boshlab tavsiflay boshladilar.


Xronologiya jihatidan bu maktablar quyidagi tartibda qo’yilgan:
1. Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920 yy.);
2. Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi (1920-1950
yy.);
3. Inson munosabatlar maktabi (1930-1950 yy.);
4. Miqdoriy usullar maktabi (1950 yillardan).
Ilmiy boshqaruv maktabining asoschisi F.Teylor – qanday qilib ishchilarni mashina kabi ishlatish mumkin? – degan savolning javobini izladi. Bu maktabning vakillari tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni boshqarishning ilmiy asoslari yaratildi. 1920 yillarda bu ilmiy yo’nalishdan mustaqil fanlar ajralib chiqdi: mehnatni ilmiy tashkil qilish (MIT); ishlab chiqarishni tashkil qilish nazariyasi va boshqalar.
Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabining maqsadi – tashkilotlarni
muvaffaqiyatli boshqarishning universal tamoyillari va usullarini yaratishdan
iborat edi. Bu maktabning asoschilari A.Fayol va M.Veber tashkilotlarni
boshqarishning usullari va tamoyillarini ishlab chiqdilar. Ularning hohish va istaklari bo’yicha butun tashkilot mashina kabi ishlashi lozim. Inson munosabatlari maktabi asosiy kuchini jamoaga qaratib, ishchilarning ijtimoiy ehtiyojlarini ko’paytirishga e’tibor berdi. Insonning odobi va axloqi maktabi o’zlarining diqqat va e’tiborlarini shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, motivlashtirish, liderlik, alohida ishchilarning individual qobiliyatlarini o’rganish masalalariga qaratdi.
Miqdoriy usullar maktabining tavsifnomasi modellar, belgilar, miqdoriy ahamiyatlarning muhokamasidagi so’zbozliklarni mantiqli asoslarga almashtirish hisoblanadi. Ularning usullari matematika, kibernetika, statistika fanlarining yutuqlariga asoslanadi. Boshqaruv qarorlarini tayyorlashda matematik usullar va matematik modellardan foydalaniladi.
1. Ilmiy boshqaruv maktabi. Ilmiy boshqaruv maktabi birinchi tadqiqotlaridan boshlab moddiy va inson resurslaridan yuqori samaradorlikda foydalanishning yo’llarini izlay boshladi. Bu maktabning asosiy nazariyasi tashkilotning butun komponentlarini ratsionallashtirish g’oyasi bo’lib, tashkilotning barcha tarkibiy birligi uning maqsadlariga erishishni mo’ljallashi kerak.
Umumiy maqsadlar va ratsionallashtirishga erishish uchun tashkilotda butun organlar va tashkiliy vazifaviy tarkiblar qat’iy ieriarxiya boshqaruvi xizmatida va har tomonlama qattiq nazorat sharoitida bo’lishi talab qilinadi.
Fredrik Teylor ilmiy boshqaruv mumtoz nazariyasining otasi hisoblanadi. Ilmiy boshqaruv maktabining yuzaga kelishi 1911 yilda uning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari” nomli kitobining chop qilinishi bilan bog’liq. U birinchi bo’lib, insonlar va moddiy resurslardan eng samarali foydalanish maqsadi uchun boshqaruvga ilmiy yondoshishning zarurligini isbotlab berdi.
Teylor inson samaradorligiga emas, tashkilotning samaradorligiga qiziqdi. Bunda tashkilot uchun inson mehnatidan samarali foydalanish yo’llarini izladi. Bu yo’nalishda tashkilot boshqaruvini takomillashtirish bo’yicha yondoshuvda tashkilot muhandislarining qarorlari to’g’ri bo’ladi degan natijaviy xulosani yaratdi.
Uning nazariyasidagi yana bir muhim jihatlardan biri shundan iborat ediki,
boshqaruv tizimining ishchiga bir tomonlama ta’siri va ishchining boshqaruvchiga bo’ysunishi edi. Bu tavsiyalar Teylor zamonasida kashfiyotdek qabul qilingandi. Mehnat faoliyatining undovchi motivlari va harakatlan- tiruvchi kuchlari Teylor bo’yicha samarali mehnat uchun shaxsiy iqtisodiy foyda – moddiy taqdirlanishni ta’minlashi kerak.
Ilmiy boshqaruv maktabining xizmatlari shundan iboratki, uning vakillari: mehnatning samardorligini oshirishda mehnatni ilmiy boshqarishning zarurligi isbotlab berdi; mehnatni ilmiy boshqarish tamoyillarini ishlab chiqdi va bu tamoyillarni oldinga surdi; mehnat motivatsiyasining samarali masalalarini yechish zarurligini isbotladi. Ammo, inson omili bu maktab faoliyatida amaliy jihatlar bo’yicha diqqat-e’tibordan chetda qoldi.
2. Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi. Bu maktabning maqsadi katta guruh
odamlardan foydalanishda samaradorlikni oshirish va quyidagi ikki muhitga asoslangan
boshqaruvning universal tamoyillarini yaratishdan iborat edi:
1. tashkilotning ratsionallashtirilgan tarkibini ishlab chiqish;
2. uning asosida personalni ratsional boshqarish tizimini qurish-byurokratik model.
Anri Fayol frantsiyalik sotsiologiya boshqaruv ma’muriy maktabining asoschisi hisoblanadi. Fayolning xizmatlari shundan iboratki, u boshqaruvning barcha funktsiyalarini faoliyatlarning har qanday sohalariga va bevosita korxona boshqaruviga taalluqli faoliyatlarni umumiylikka bo’lib chiqdi.
Fayolning tasdiqlashi bo’yicha, jarayonning boshlanishida funktsiyalar qayta
takrorlanmaydigan va boshqaruvda ortiqcha darajalarga (vazifalarga) yo’l qo’ymaydigan,
yaxshi o’ylangan tarkibni yaratish kerak. Keyinchalik, mos keluvchi ishchini izlash lozim, ya’ni ishchi tarkibga mos tamoyilda tanlanishi lozim.
Anri Fayol va uning izdoshlari shakllantirgan mumtoz model quyidagi to’rtta tamoyilga
asoslanadi:
1. Mehnatni aniq funktsional taqsimlash.
2. Komandaga o’tkazish va farmoyishlar balanddan pastga.
3.Boshqaruvchining yagonaligi (hech kim bittadan ziyod boshliqqa
ishlamaydi).
4. Nazorat chegaralariga rioya qilish tamoyili.
Maks Veber, nemis sotsiologi taxminan shu vaqtlarda byurokratik tizimning faoliyatini tahlil qildi, qattiq reglament (chegaralovga), ierarxik tarkibga asoslangan byurokratiya modelini qurdi va ratsionallashgan boshqaruv kontseptsiyasini shakllantirdi. Uning fikrlari bo’yicha ideal va boshqaruvning samarali tizimi- byurokratiya. Tashkilotdagi byurokratiya quyidagicha tavsiflanadi:
1. Qarorlar qabul qilishning tezkorligi;
2. Ishlab chiqarishdagi savollarni yechishdagi tezkorlik;
3.Aloqalarning qat’iyligi byurokratik tarkibning barqarorligini ta’minlaydi va tashkilotning maqsadlarga erishishini aniqlab beradi. Veberning boshqaruvda qabul qilingan muhim g’oyalari ijtimoiy harakatlardagi kontseptsiya mavqe’ni bajara boshladi. Bu kontseptsiyaga asosan jamiyatdagi ijtimoiy tartib faqat ijtimoiy mo’ljallardan va ratsionallashtirilgan harakatlardan iborat. Tashkilot a’zolarining vazifasi esa ularning shaxsiy manfaatlarini va
xususiy faoliyatlarini yaxshilashdan iborat.
Tashkilotdagi har bir ishchining faoliyati o’zining tashkilot maqsadlariga erishishidagi rolini tushunib olganligi va o’ziga topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishiga bog’liq. Ratsionallashtirish har qanday korxona yoki muassasaning eng yuqori ideallari hisoblanadi, tashkilotning ideali esa, tashkilot boshqaruvi va kommunikatsiyaning, texnologiyalarning haddan ziyod ratsionallashtirilganligi bilan tavsiflanadi.
Ammo, boshqaruvning ma’muriy maktabi uchun inson va uning ehtiyojlarini hisobga
olmaslik xususiyatli bo’lib qoldi. Uning tarafdorlari inson omilini aylanib o’tib, tashkilotni shaklan boshqarish yo’li bilan uning samaradorligini ma’muriy amaliyotlarni bajarib oshirishga harakat qildi. Natijada ma’muriy maktab, inson omilining muhimligini tan olgan holda, mehnat motivatsiyasining samaradorligini aniqlay olmadi, tushunmadi.
3. Inson munosabatlari maktabi. «Inson munosabat- lari» kontseptsiyasi-boshqaruv nazariyasidagi yangi maktab – 1930 yillardan rivojlana boshladi. Bu maktab
mumtoz-ma’muriy maktabning inson omili samarali tashkilot va samarali boshqa- ruvning
asoslari inson omili ekanligini tushunmaganligidan, inson omilidan foydalanishga qobiliyatsiz ekanligi sabab- laridan kelib chiqdi. Inson omiliga e’tibor qilmaslik «ratsional tashkilot» ishlariga salbiy ta’sir qilib, resurslarning ko’pligiga qaramasdan samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini yarata olmadi. «Insoniy munosabatlar» nazariyasining yaratilishida Garvard universitetining xodimi E.Meyo asosiy o’rinni egallagan. Amerikalik sotsiolog va ruhshunos E.Meyo «Xottorn tajribalari» deb nomlagan bir qator tajribalarni o’tkazdi. Tajribalarida u «sharoit», «mehnatni tashkil qilish», «oylik maosh», «shaxslar o’rtasidagi munosabatlar», «rahbarlik stili» kabi omillarni o’rganib, ishlab chiqarishda «inson omili» asosiy o’rinni, rolni egallaydi degan xulosaga keldi.
Uning «Xottorn tajribalari» quyidagi tadqiqotlarning boshlanishiga asos soldi:
• tashkilotlardagi o’zaro munosabatlar;
• guruhga ruhiy ta’sir bo’yicha hisob yuritish;
• shaxslar o’rtasidagi munosabatlarda mehnatga motivatsiyani aniqlash;
• tashkilotda kichik guruhlar va alohida xodimning rolini
aniqlash.
Meyo va uning izdoshlarining qat’iy xulosalari bo’yicha ishchilarning ijtimoiy va ruhiy ehtiyojlari qondirilsa tashkilot va inson o’rtasidagi nizolarni butunlay yechish mumkin. Bundan tadbirkorlar faqat yutadilar. Chunki mehnat unumdorligi keskin oshadi.
Umumiy xulosalar bo’yicha «Insoniy munosabatlar» doktrinasining mazmun va mohiyati quyidagi holatlardan iborat:
• inson – «ijtimoiy hayvon», u faqat guruhda erkin va baxtli bo’lishi mumkin;
• mehnat insonga, agar u qiziqarli va mazmunli bo’lsa o’yindan olinadigan qoniqishga nisbatan ko’proq qoniqishni berishi mumkin;
• o’rta odam javobgarlikka intiladi, undagi bu xususiyatdan ishlab chiqarishda foydalanish
kerak;
• mehnatni rag’batlantirishning iqtisodiy shakli va roli chegaralangan, ular yakka-yagona va
universal emas;
• ishlab chiqaruvchi tashkilot bu – shuningdek, insonning ijtimoiy ehtiyojlarini
qondiruvchi, jamiyatning ijtimoiy muammolarini yechuvchi soha;
• tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish uchun isbotsiz ham qabul qilinaveradigan farazlar, qoidalar, qarorlar, hukmronlik munosabatlari, ierarxiya, qattiq dasturlarga asoslangan boshqaruv tamoyillaridan voz kechish zaruriy talab.
«Insoniy munosabatlar» kontseptsiyasi tarafdorlarining xulosalari bo’yicha boshqaruvning
samardorligi quyidagilarda aniqlanadi: har doim kichik guruhlar va norasmiy tarkibda, ishchilarning o’zaro harakatlarida, umumiy nazoratda, o’zaro tartibda, ijodiy imkoniyatlarning o’sishida, jamoaviy taq- dirlanishda, tor ixtisosuvlashdan voz
kechishda, demokratlashgan rahbarlik stilida, tashkilot tarkibining ishchilarga
muvofiqligida. Ularning fikricha: qattiq ierarxik bo’ysunuv- chanlik, tashkiliy
jarayonlarni rasmiylashtirish inson tabiatiga mos emas.
Axloqiy fanlar ta’limi maktabi ko’pincha insoniy munosabatlarni
to’g’rilash usullarini yaratishga asoslanib sezilarli darajalarda insoniy
munosabatlar maktabidan uzoqlashdi. Ularning asosiy maqsadlari – inson resurslarini
oshirish hisobiga tashkilotning samaradorligini oshirish edi.
Laykert L., Mak Gregor D., Maslou A., F.Xertsberglar axloqiy
fanlar (bixeyviorizm – axloq, axloqiy fan) ta’limi maktabining asosiy
namoyondalari hisoblanadi. Ular ijtimoiy o’zaro harakatlar, motivatsiya, obro’
va hukmronlik xususiyatlari, liderlik, tashkiliy tarkiblarni, tashkilotdagi
kommunikatsiyalarni, ishlar tarkiblarining o’zgarishini va mehnat hayotining
sifatlarini o’rgandilar.
A.Maslou fikricha insonda bitta ehtiyojlar tizimi (ierarxiya) bor,
F.Xertsberg bo’yicha ikkita-sifatli turli- tumanlik va mustaqillik:
• faollashish yoki motivatorlar omillari – mehnat va
uni tan olish hisobidan: yutuqlarga erishish, xizmatlarni tan olish, xizmat pog’onalariga
ko’tarilish, ishga qiziqish, javobgarlik va mas’uliyatlilik, o’sish
imkoniyatlari. Bu omillardan foydalanilsa mehnat jarayonlarida insonning individual
axloqining barqaror o’zgarishiga olib keladi;
• ishlar sharoitlari va atrof muhit omillari: mehnatga
haq to’lash, bandlik kafolati, kompaniyaning faoliyati va siyosati, mehnat
sharoitlari, maqom, texnik nazorat, boshliqlar, jamoa, bo’ysunuvchilar bilan
munosabatlar, mehnat xavfsizligi.
Tashqi omillar tashkilotdagi ichki bosimni kuchsizlan- tirish xususiyatlariga
ega. Lekin ularning ta’siri qisqa muddatli bo’ladi va ishchilar axloqida chuqur
o’zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi. Mehnat samardorligini oshirishning eng kuchli yo’li
F.Xertsberg fikricha – «yaxshi maosh» emas, balki ishga qiziqtirish va mehnat jarayonlariga
jalb qilishdir. Odamlar pulsiz qoniqmasliklarni his qiladilar, lekin
pulning borligida o’zini baxtli va mehnat unumdorligini oshirishni his qilishi
kafolatlangan emas.
Axloqiy fanlar ta’limi maktabining asosiy yutuqlari quyidagilar hisoblanadi:
• mehnat unumdorligini oshirish va ishdan qoniqish
darajalarini oshirish uchun shaxslar o’rtasidagi munosabatlardan boshqaruv
usullarida foydalanish;
• inson axloqi haqidagi fanlarni qo’llashda
tashkilotlarni shakllantirish uchun shunday sharoit yaratish kerak-ki, bunda har bir
ishchining butun salohiyatidan to’lig’icha foydalanilsin;
• ijtimoiy tashkilotni boshqarishda samaradorlikka
erishish uchun odamlarning xulq-atvorini shu tashkilotning a’zosi sifatida boshqarishni
o’rganish zarur.
Miqdoriy usullar maktabi. Miqdoriy usullar maktabi matematika, kibernetika,
statistika fanlarining rivojlani- shi natijasida boshqaruvning ushbu maktabi tashkil
topdi. Asoschilari G.Saymon, P.Druker, S.Forrestr, E.Rayf va boshqalar. Bu maktabning
tashkil topishida L.V.Kantorovich (Nobel mukofoti lauriati), V.V.Novojilov,
L.Bertalanfi, R.Akoff va A.Gol`dbergerlarning ham munosib hissalari bor.
Miqdoriy usullar maktabining qisqacha tavsiflari shundan iboratki, matematik
usullar va modellar turli-tuman biznes- jarayonlarni ularning o’rtasidagi
munosabatlarni yozib chiqishga tartiblashtirishga imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun ham,biznes-jarayonlarni tashkil qilishda yuzaga chiqqan muammolarni matematik
modellar va tadqiqotlar asosida yechish maqsadli hisoblanadi.
«Fan faqat, qachondir matematikadan foydalanganda o’zining takomillashuviga erishadi» degan mashhur tezisi asosida bu maktab vakillari «boshqaruv fanlari maktabi» shiorini ishlab chiqdi. Bu maktab iqtisodiy-matematik usul- larni, jarayonlarni tadqiq qilish nazariyasini, statistikani, kibernetikani qo’lladi va shu kabilardan foydalanib, boshqa- ruv masalalarini yechish uchun qo’llanmalar, tavsiyalar yaratdi. Bu bilan boshqaruv fanlarining
rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Jarayonlarni tadqiq qilish – tashkilotning jarayonli muammolarida ilmiy tadqiqot usullari qo’llaniladi. Bu yondoshuvda tadqiqotlarning boshlanishida muammolar aniqlanadi. Keyin vaziyat modeli ishlab chiqiladi.
Model ishlab chiqilgandan keyin o’zgaruvchi miqdorlar topshirig’i beriladi va optimal yechim topiladi. Hozirgi vaqtda boshqaruvning miqdoriy usullari komp`yuterlardan keng foydalanish bilan yangi rivojlanish yo’llarini olmoqda. Komp`yuter operatsiyalarni tadqiq qilishda, o’ta murakkab matematik modellarni tuzishda aniq hisob-kitoblarni bermoqda.
Menejment nazariyasida ilmiy boshqaruv maktabining hissasi:
1. Modellarni, shuningdek, iqtisodiy-matematik modellarni ishlab
chiqish va qo’llashda murakkab boshqaruv muammolarini mukammal tushinishni anglab olish.
2. Murakkab vaziyatlarda qarorlar qabul qiluvchi rahbarlarga yordam sifatida miqdoriy usullarni rivojlantirish.
3. Boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
4. Boshqaruvning umumiy nazariyasini ishlab chiqish.
5. Ilmiy boshqaruv maktabining ta’siri tobora o’sib bormoqda. Chunki, bu maktab hozirda ishlatilayotgan va keng qo’llanilayotgan jarayonli, tizimli va vaziyatli yondoshuvlarga kontseptual asoslarda ilmiy-amaliy qo’shimchalar kiritmoqda.
Menejmentning ilmiy maktablari.

ADABIYOTLAR RUYXATI


1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.


2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. www.ziyonet.uz
Download 32.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling