11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1630579
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-ma\'ruza



11-ma’ruza. 
Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi. 
Reja: 
1. Mahsulot hayotiy sikli.
2. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillash tizimi.
1. Mahsulot hayotiy sikli. 
Jahon global iktisodiyotini zamonaviy sharoitlarida, bozorda faqat bozor 
talab qilgan, bozorda qiymatga ega mahsulotni etkazib beruvchi korxonalargina 
muvaffakiyatga erishishi mumkin. Zamonaviy iktisodiy holat korxonalar rahbarlari 
e’tiborni alohxida ishchilar samaradorligiga emas, balki korxonani mahsulotga 
tizimli yondoshishga qaratishga undamokda, bunda korxonaga, iste’molchilar 
talablariga, shuningdek atrof – muhitni muhofazasi talablariga muvofiq bo‘lgan 
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga olib keladigan ko‘p 
jarayonlarni uyg‘unlashgan o‘zaro aloqasi sifatida qaramokdalar. Mahsulotga 
bunday yondoshishni, jahon iqtisodiyoti rivojlanishini zamonaviy bosqichida 
korxonalarni oldida turgan maqsadlar va vazifalarni kayta ko‘rib chiqish va 
mukammallashtirishni davomiy jarayonini okibati bo‘lgan prioritetlar (ustivor 
yo‘nalishlarni) qayta baholanishi bilan tushintirish mumkin.
Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi 
tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida 
olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli extiyojlarni qanoatlashtirishi 
uchun mo‘ljallanadi. 
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki 
tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga 
o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin. 
Mahsulot ta’rifi yana boshka bir hujjat – xalqaro standart ISO 8402 (1991y) 
da qisqa holda keltirlgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb 
ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan 
materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki 
ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z 
ichiga xizmatni ham oladi. Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki 
ishlatilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida, sotilishida va 
iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilishi» atamasi 
shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan 
foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi. 
«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning 
vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi. 
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish 
mumkin. Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshka 
ko‘rsatkichlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum 
ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir kator oddiy 
xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi 
va saqlanuvchanligi kabilar). 

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling