11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi
Download 380.09 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
Aylanish va sotish bosqichida standartlashtirish mahsulotni buyumdonlarga joylashtirish, konservalash, transportlash va omborga qo‘yish, saqlash va sotish paytlarida talab, tartib va eng yaxshi sharoitlarni yaratishga qaratilgan, bu omborlarda, bazalarda, transport korxonalarida va savdo tashkilotlarida mahsulot sifatini saqlab qoladi. Iste’mol va foydalanish jarayonida standartlashtirish mahsulotga xizmat qilish va uni ta’mirlashga (Shu jumladan, kafolatli ta’mirlashga), foydalanishdagi mahsulot sifati haqida ma’lumotni yig‘ish va tahlil qilishga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi, bu xizmat qilish va ta’mirlashni tashkil etishni yaxshilaydi, foydalanishdagi xarajatlarni kamaytiradi va mahsulot unumini oshiradi. Sanoat mahsulotini attestatsiyalashda standartlar tizimi ob’yektiv baholash uchun zarur bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarining zaruriy va etarli ro‘yxatini, yagona tartibini belgilaydi. Bu attestatsiyani tashkil qilish hamda o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi va mahsulotni sifat toifalari bo‘yicha baholashga xizmat qiladi. Standartlashtirish mahsulotni sertifikatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Mahsulot sifati muammosining echimi metrologik ta’minot darajasiga bog‘liq. O’lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash uchun mamlakatda rivojlangan etalon bazasi yaratilgan, o‘lchashlar birliligini ta’minlovchi standartlar tizimi ishlab chiqilgan. Standartlashtirish rivojlanishi zamonaviy bosqichining o‘ziga xosligi — alohida standartlarni ishlab chiqishdan majmuiy standartlashtirish dasturlariga o‘tishdir. Bu dasturlarni amalga oshirish tayyor mahsulot, jamlovchi buyumlar, xom ashyo, material, jihozlar va uskunalar hamda ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil qilish usullari, sinash, nazorat qilish, o‘lchash, buyumdonga joylashtirish qoidalari, saqlash, transportlash, foydalanish va ta’mirlashga oid o‘zaro bog‘langan standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish hamda qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Majmuiy standartlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va tatbq etish butun faoliyatii oxirgi umumiqtisodiy natijalarga erishishga jalb qilish imkonini beradi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur’atlari tezlashishi bilan standartlarning samarali ta’sir qilish vaqti mutlaq va nisbiy qisqarish tendensiyasi paydo bo‘lishiga olib keladi. Standartlashtirish tobora dinamik tavsifga ega bo‘ladi, bu standartlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va qayta ko‘rib chiqish usullari va muddatlariga yangicha talablar qo‘yadi. Standartlashtirish tizimi dinamikligi va tezkorligi masalasini yechishga istiqbolli, ilgarilangan standartlar qaratilgan. Ular mamlakat korxonalari, eng yaxshi xorijiy firmalarning ilg‘or tajribasini aks ettiradi va sanoati rivojlangan mamlakatlarning progressiv ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling