11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi
Download 380.09 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillash tizimi. I shlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash.
Ekspluatatsiya sifati mahsulot sifatini o‘zgarish jarayonlarida namoyon
bo‘ladi. Ekspluatatsiyada bo‘lgan mahsulot sifatiga ekspluatatsiya, servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borish jarayonlarining sifati ta’sir ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya tajribasi kelgusida mahsulotni takomillashtirish uchun zarur bo‘lib hisoblanadi. Hayotiy siklning oxirgi bosqichi ikkilamchi qayta ishlash yoki utillashtirish bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonlarning sifati ekologik, sanitar va boshqa normalar bilan belgilanadi. Bunday tugallanuvchi jarayon modeli sifat halqasi deb ataladi. YUqorida keltirilgan barcha turdagi faoliyatlar sifat halqasi modelini tashkil etib, yakuniy natija sifatiga bevosita ta’sir etadi. 2. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillash tizimi. I shlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash. Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani loyihalashtirish bilan bog’liq bo’lgan ishlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob-kitoblar katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoki modernizasiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo’ladi, sarflanadigan xarajatlar «min» bo’lgan sharoitlarni yaratishlari lozimdir. Mashina va priborlarning yangi turlarini ishlab chiqarish jarayonida ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi: - yangi mashina va proiborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan mehnat sig’imi; - mahsulot o’lchovi; - metaldan foydalanish koeffisiyenti; Mahsulot tannarxi va boshqalar yangi mahsulot yaratish quyidagi etaplardan tarkib topadi: 1. texnik vazifalarni ishlab chiqarish; 2. texnik taklifni tuzish; 3. eskiz loyihasini yaratish; 4. texnik loyihalashtirish; 5. ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish. Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik iqtisodiy xarakteristikalari, ularga quyidagi talabalar, ekspluatasiya qilish shartlari aniq belgilab beriladi. Texnik vazifaga asoslanib texnik taklif ishlab chiqariladi. Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo’lgan bir necha variantlar solishtiriladi, mexnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga sarflangan harakatlarning hisob-kitobi, undan olinadigan iqtisodiy samara hisob-kitob beriladi. Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko’rsatkichlarni tekshirish imkoniyatini beruvchi hujjatdir. Eskiz loyihasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni umumiy ko’rinishi chizmasidan, mahsulotning tuzilishi va ishlash prinsipi, asosiy o’lchovlari, tannarxi to’g’risida tushuncha beruvchi, konstruktiv yechimlardan tashkil topadi. Texnik loyiha eskiz loyihaning to’ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha asosiy bo’g’inlarini yaratish, barcha ko’rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat. Ishchi loyihani tuzishda, barcha hujjatlar ishlab chiqish yakunlanadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning barcha ko’rsatkichlarini ko’rsatuvchi ishchi chizma, tushuntirish xati, ekspluatasiya qilish instruksiyasi, tajriba protokollari beriladi. Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin texnik jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir. Davlat standartlari yuqori sifatli mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirish asosida ishlab chiqish va o‘zlashtirishni tezlashtirish, tajribaviy namunalarni ishlab chiqish va sinashni tashkil qilish, ishlab chiqarishni tayyorlash va seriyali mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etish asosida mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasini va konstruksiyasi elementlarini ishlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, mahsulot ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi (iste’molchi) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Yangi mashina, jihozlarni loyihalash yoki mavjud jihozlarni modernizasiya qilishda 2 xil yo’nalishdagi iqtisodiy hisoblar olib boriladi: 1. Mashina va jihozlar qiymati aniqlanadi va shu asosida zaruriy kapital xarajatlar belgilanadi. 2. Mashinani ishlab chiqarishga joriy etish sharoitida mahsulot yoki xizmatlar qiymati hisoblanadi. Mahsulotning qiymati avvalgi qiymat bilan solishtiriladi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qiymatining pasayishidan olinadigan iqtisod belgilangan muddatda sarflangan kapital xarajatlarni qoplashi lozim. Yangi loyihalashtirilayotgan mashina va mahsulotlar qiymati quyidagi xarajat moddalari bo’yicha hisoblanadi: - xom-ashyo va materiallar (chiqindisiz); - texnologik maqsadlar uchun yonilg’i va energi; - ishchilarning asosiy ish haqi; - ishchilarning qo’shimcha ish haqi; - ijtimoiy sug’urta ajratmalari; - ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari (konstruktorlar, texnologlar, chizmakashlar va boshqa xodimlarning asosiy va qo’shimcha ish haqi); - jihozlarni saqlash va ekspluatasiya qilish xarajatlari; - sex xarajatlari; - umumzavod xarajatlari; - ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar. Standartlashtirish tizimi yangi mahsulotga oid yuqori sifatli loyiha- konstruktorlik hujjatlar ishlab chiqilishini, korxona sifatning berilgan ko‘rsatkichlari bilan uni ishlab chiqarishga tayyorligini va uni o‘z vaqtida ishlab chiqarishdan olib tashlanishini me’yorlaydi. Korxona standartlari mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida chiqarilayotgan mahsulot tavsifi va o‘ziga xosligini, korxonalarning tashkiliy-texnikaviy darajasini, zavodning ichki ixtisoslashishini, muxandis va ishchilar tajribasini hisobga oladi, korxonalarda sifat bo‘yicha ishlarni aniq va ma’suliyatli tashkil qilishning imkonini beradi. Ular mahsulot sifatini majmuiy boshqarishga doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tizim tusini beradi, ilg‘or tajriba asosida unga muntazam rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Loyihalash, ishlab chiqarish va foydalanish (iste’mol qilish) jarayonlarida mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish tartibi va usullarini belgilaydi, mahsulot sifatini nazorat qilish va baholash vositalari va usullariga bo‘lgan talablarni joriy qiladi, mahsulotni attestatsiyalash tartibini aniqlaydi, yetkazib beruvchilar va yetkazib berilayotgan xom ashyo, material, jamlovchi buyumlar sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlash tartibini aniqlaydi. Ishlab chiqarishning bir tekisligini, texnologik intizomni saqlash, yangi mahsulotni ishlab chiquvchilar, xom ashyo, material va jamlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar bilan ishlashni yaxshilash, korxonaning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yaroqsizlikdan talafotlarni kamaytirish, bajaruvchilar mehnati sifatini oshirish, minimal sarflar bilan sifatning yuqori darajasini ta’minlash imkonini beradi. Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling