11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1630579
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-ma\'ruza

Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan extiyojlarni 


kanoatlantirishga yarokliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. 
Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga 
bog‘lik. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, 
mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, 
o‘zaro almashuvchanlik va boshka shunday xossalarining majmuasidan tashkil 
topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, 
shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning 
sifatiga bog‘lik. 
Mahsulot belgisi deganda, mahsulotning har qanday xossalari va 
xolatlarining mikdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning 
rangi, buyumning shakli, detalning satxida ximoya va bezak uchun ma’lum 
qoplamalarning bo‘lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga 
o‘xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, 
parchinlash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim avtomatik
avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi. 
Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini mahsulotda katta axamiyatga ega 
bo‘lgan statistik nazoratda ko‘llanuvchi mukobil belgisi bo‘lib, faqatgina ikkita bir 
– birini inkor kiluvchi imkoniyatlari bo‘lishi mumkin. Masalan, buyumlarda 
yaroksizlikning borligi yoki yo‘qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki 
yo‘qligi va shunga o‘xshashlar. 
Mahsulotning mikdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o‘zining 
ko‘rsatkich alomati bilan ifodalanadi. 
Sifat halqasi (hayotiy sikl tamoyili). 
Mahsulotning hayotiy sikli modeli yoki “sifat halqasi” mahsulotning sifat 
ko‘rsatkichlarini shakllantirish va o‘zgarishining asosiy bosqichlarini tahlil qilish 
asosida qurilgan. Modelning asosini mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga sifatni 
aks ettiruvchi faoliyat turlarining ketma-ketilik zanjirini tashkil etadi (3.12-rasm). 
Mahsulotning tavsiflarini sifat halqasini tashkil etuvchilariga ta’sir etish yo‘li bilan 
o‘zgartirish mumkin.


Sifat halqasi – iste’molchilarning ehtiyojlarini niqlashdan boshlab to 
ularning qanoatlanganligini baholashgacha bo‘lgan turli bosqichlarda sifatga ta’sir 
qiluvchi o‘zaro bog‘liq faoliyat turlarining konseptual modelidir.
Sifat halqasi yakuniy natija sifatiga, jarayonlar sifatini navbatma-navbat aks 
ettirilganligini aniq ko‘rsatadi. Umuman sifat natijasi loyiha, ishlab chiqarish va 
ekspluatatsiya sifatlarining yig‘indilarini o‘zida namoyon etadi (jadval).

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling