11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi
Download 380.09 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarayon sifati Sifat tizimi
- Nazorat uchun savollar.
Iate’mol sohasi
Маhsulot yoki хizmat Маhsulot sifati Ishlab chiqarish sohasida mahsulot sifatini shakllantirish Коrхоnа Коrхоnaning ish sifatini aniqlovchi omillar: Jarayon sifati Tashkiliy-boshqaruv tizim sifati Jarayonlar Jarayonlar sifatini aniqlovchi omilar: Хоdimlar malakasi Техnologiya sifati Маteriallar sifati Qurilmalar sifati Каttaliklarni ruxsat etilgan me’yorlardan og’ishi va h.k. Jarayon sifati Sifat tizimi Ishlab chiqarish sohasida faoliyat natijasini sifatga asoslanib sifatni aks ettirish. O’z MYaT standartlarining tuzilish strukturasi mahsulot hayotiy tsiklining barcha bosqichlari bo’yicha taqsimlanadi. O’z MYaTni shakllantirishda mahsulot hayotiy tsiklining bosqichlari bo’yicha taqsimlangan va o’zaro bog’langan barcha bajariladigan ishlarni maqsadli va kompleks qamrash tamoyilidan foydalaniladi. O’z MYaTda ishlarni modul printsipida tashkillashtirish bozor munosabatlariga o’tish davrida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro aloqalari tashkiliy-texnik mexanizmini ta’minlashga mo’ljallangan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagilarni nazarda tutishi lozim: – Qonun hujjatlarining me’yoriy hujjatlarga, me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqarishda qabul qilingan tashkiliy-texnik nizomlarga nisbatan ustunligi, bu esa turli iqtisodiy-huquqiy vaziyatlar sharoitlarida o’rnatiladigan talablarning (manfaatdor tomonlar faoliyatini belgilovchi talablarning) tarkibini kengaytirishga imkon beradi; – O’z MYaT qatnashchilarining faoliyatini mahsulot hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida, O’z MYaT ni turli boshqaruv shakllaridan foydalanib, tartibga tushirish; – ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik talablarini qondiradigan mahsulot chiqarish bo’yicha O’z MYaT ning so’nggi maqsadiga erishishg; – O’z MYaT muammolarini hal qilishda iste’molchining ustunligi. Nol guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi: – O’z MYaT standartlarini shakllantirish, tuzish va tasniflashda tizim yasovchi printsiplari bo’yicha umumiy nizomlar; – mahsulot sifatini ta’minlash; – mahsulot hayotiy tsiklining bosqichlari; – mahsulot hayotiy tsiklining bosqichlari bo’yicha ishlarni tashkillashtirish modullari va modellari. Birinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi: – mahsulotning tajriba nushalarini ishlab chiqish ilmiy-texnikaviy yo’llarini izlash bo’yicha ishlarni bajarishga texnik topshiriq (TT) yoki uning o’rnini bosuvchi hujjatning tuzilishiga, mazmuniga, bayon etilishiga, kelishish tartibiga va qabul qilishga buyurtmachining boshlang’ich talablarini ishlab chiqishga talablari; shuningdek, juda murakkab (va yalpi qo’llaniladigan) mahsulotni shartnoma (yoki tashabbus) asosida ishlab chiqishning imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash bo’yicha pesh loyihani bajarishga TT; – tadqiqot va pesh loyihani bajarishga talablar; bularni bajarish va qabul qilish qoidalari, ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish qoidalari; – tadqiqot va pesh loyiha natijalarini amalga oshirish tartibi. Ikkinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi: – buyumlarni ishlab chiqish (takomillashtirish) bo’yicha tajriba- konstruktorlik ishlarini (TKI) va buyum tarkibiga kiruvchi materiallarni ishlab chiqish bo’yicha tajriba-texnologik ishlarni (TTI) bajarishga TT (yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat)ning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi, kelishish tartibi va qabul qilishga talablar; – TKI, TTI ni bajarishga va qabul qilishga talablar, ularning bosqichlari; TKI va TTI ning bosqichlarida hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish tartibi; – TKI va TTI bo’yicha ishlarni amalga oshirish tartibi; – TKI va TTI ning o’tkazilishini ta’minlaydigan ishlarni bajarishga talablar (sinashlar, asosiy namunalarni sinash dasturlari va metodikalari, tajriba nusxa bo’yicha mahsulot turini sertifikatlashtirish va h.k). Uchinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi: – mahsulotni ishlab chiqarishga (tayyorlanish, o’zlashtirish va chiqarishga) qo’yish tartibiga talablar; – birlik (bir martalik buyurtmalar bo’yicha takrorlanuvchi) va seriyali mahsulotni tayyorlashga; nuqsonli (nomuvofiq) mahsulotni va ishlab chiqarishning foydalanilmaydigan chiqindilardan qayta foydalanishga talablar; – me’yoriy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarning talablarini va ishlab chiquvchi hamda tayyorlovchining kafolatlangan majburiyatlarini bajarishni ta’minlash; – mahsulotni sertifikatlashtirish (muvofiqlikni tasdiqlash)ga va ishlab chiqish sharoitlariga talablar; – mahsulotni ishlab chiqarish va (zarur bo’lganda) foydalanish (yoki iste’mol qilish) jarayonida mualliflik nazoratini o’tkazish tartibi. To’rtinchi guruh standartlar quyidagilarni o’rnatadi: O’zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarining iste’molchilarning huquqlarini himoyalash va mahsulotni etkazib berish qoidalari qismida talablarning bajarilishini ta’minlash tartibi; Mahsulot muomalasi (idishlarga joylash, taxlash, saqlash va tashish) va uni buyurtmachi (iste’molchi) ga berish bo’yicha talablar; Muomalada mahsulot xavfsizligini, sifatning saqlanishini ta’minlash bo’yicha talablar. Beshinchi guruh standartlari mahsulotdan iste’molchilarda (savdo tashkilotlarida) foydalanish bo’yicha talablarni, shu jumladan mahsulotni foydalanishga qo’yish tartibi va (zarur bo’lganda) qayta foydalanish tartibini o’rnatadi. Oltinchi guruh standartlari ta’mirbop mahsulot uchun quyidagilarni o’rnatadi: – mahsulotni ta’mirlash korxonasiga qo’yish, shu jumladan ta’mirlashga tayyorlanish va ta’mirlashni o’zlashtirish tartibi; – birlik (bir martalik) buyurtma bo’yicha va seriyali ta’mirlashda mahsulotni ta’mirlashga talablar; – ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlashga qabul qilishda, ta’mirlash ishlarini bajarishda va mahsulotni ta’mirdan qabul qilib olishda ta’mir hujjatlari talablarining bajarilishini ta’minlash tartibi; – ta’mirlash ishlab chiqarishining sharoitlariga talablar. Ettinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi: – etkazib beriladigan mahsulotga e’tirozlar, shikoyatlar va da’volar bilan ishlash (e’tirozlarni bildirish va qoniqtirish) tartibi; – mahsulot to’g’risida axborot berish tartibi (byulletenlar, axborotnomalar, reklamaning qisqacha bayoni va h.k); – mahsulotdan foydalanish jarayonida texnik nazoratni (monitoringni) o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish tartibi; – mahsulotning belgilangan imkoniyatlarini, xizmat muddatlarini va saqlash muddatlarini cho’zish tartibi; – murakkab komplekslarni va boshqa stantsionar ob’ektlarni foydalanishga kiritish tartibi; – foydalanish va ta’mirlash hujjatlari, ehtiyot asbob-moslamalar va mahsus vositalar: o’qitish, tekshirish, o’lchash, sinash, mahsulotga texnik xizmat ko’rsatish, foydalanish va ta’mirlash vositalari bilan ta’minlash tartibi; – mahsulotni foydalanishdan olish va undan qayta foydalanish bo’yicha ishlarni o’tkazish tartibi. Sakkizinchi guruh standartlari buyumlarni va materiallarni ishlab chiqarishdan olishga talablarni o’rnatadi. To’qqizinchi guruh standartlar zahira guruh bo’lib, O’z MYaT ni rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Bir nechta tasniflash guruhlari uchun talablarni o’rnatuvchi standartlar birinchi tartib raqamlarining kattalashish tartibi bo’yicha guruhga kiritiladi. O’z MYaT ning barcha standartlari 15 sinfiga kiradi. Nazorat uchun savollar. 1. Mahsulot sifatini mahsulotni yagona davlat tizimi qanday vazifalarni o‘z zimmasiga olgan? 2. Sifat halqasi sxemasini tushuntirib bering. 3. Iste’molchi orasidagi kompleks masalalar qaysilardan iborat? 4. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering. 5. I shlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash haqida gapirib bering. 6. Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida qanday tadbirlar amalga oshiriladi? 7. Mahsulot hayotiy siklining qanday bosqichlarida asos bo‘ladigan standartlar va texnikaviy shartlar majmui zarur? Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling