Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati


Fan metodologiyasi va epistemologiyasi


Download 39.5 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1371684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI

Fan metodologiyasi va epistemologiyasi ilmiy bilish va il­miy ijodni, ya’ni ilmiy tadqiqot faoliyatini o’rganadi. Har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir, zero, u fanda ilgari olingan axborotni tanqidiy qayta ko’rish, fanning tushunchalar apparati va tadqiqot negizini muttasil yangilash (yangi metodlar, usullar va yondashuvlar bu yangi apparatura, yangi institutlar va laboratoriyalar demak) bilan bog’liqdir. SHunday qilib, fanning o’ziga nisbatan metodologiya va epistemolo­giya fanning o’zini o’zi bilish va o’zini o’zi anglash shakllaridan biridir. Ilmiy ijod metodologiyasi olim shaxsining yangi bi­lim olish va uni amalda qo’llash sohasidagi ijodiy salohiyatini ochib beradi va analizdan o’tkazadi.
Sub’ektning ob’ektga faol munosabati sifatidagi bilish­ning eng umumiy jixatlarini analizdan o’tkazuvchi gnoseologiyadan farqli o’laroq, metodologiya bilishning bu jixatlari va tomonlari bilish bilan bog’liq muayyan vaziyatlarda va bi­lishning soxalarida, ma’lum ijtimoiy iqtisodiy, texnikaviy texnologik va tarixiy sharoitlarda qanday o’z ifodasini to pishiga e’tiborni qaratadi. Hozirgi zamon fan metodologiyasi ilmiy faoliyatning ma’nosini, uning ijod, amaliyot, ijtimoiy borliqning ma’naviyat soxasi, kengroq aytganda, butun madaniyat bilan aloqasini aniqlaydi. Shundan so’ng metodolo­giya ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish, ratsionalizatsiya qilish, maqbullashtirish va samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tavsiflash va analizdan o’tkazish, hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan fanining tilini analizdan o’tkazish, ilmiy tadqiqotning alohida tartibi va usullarini qo’llash mumkin bo’lgan sohalarni aniqlash ham ilmiy bilish metodologiyasining vakolatlari jumlasiga kiradi. Fan bu o’sib boruvchi bilim tizimi bo’lib, quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: ilmiy faktlar, maxsus ilmiy tushunchalar, atamalar va sxemalar, g’oyalar, gipotezalar va nazariyalar, shuningdek, fan qonunlari va ilmiy bi­lish metodlari.

Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling