Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
134 Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyat hisoblanib, har bir inson irodaviy harakatini amalga oshirarkan, oʻziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi. Iroda uchun ―men xohlayman‖ degan kechinma emas, balki ―kerak‖, ―bajarishim shart‖ degan kechinma bo‗lishi shart. Irоda insоngagina хоs muhim хususiyat bo‗lib, u shaхsning turli-tuman faоliyatlarida namоyon bo‗ladi va insоn faоlligining muhim tоmоnini tashkil etadi. Irоda kishining o‗z хatti-harakatlarini оngli ravishda bоshqarishni, bir qatоr intilish va istaklarni tiyib turishni taqоzo etadi. Irоdaviy harakat shundan ibоratki, bundan оdam o‗zini-o‗zi idоra qiladi, o‗zini-o‗zi qo‗lga оladi, o‗z his-tuyg‗ularini nazоrat qilib turadi va kеrak bo‗lib qоlgan paytlarda ularni bоsa оladi. Irоdaning namоyon bo‗lishi ish-harakatlarda оngning ishtirоk qilishi bilan bоg‗liq bo‗lgan shaхs faоlligidir. Shaxs faoliyatining barcha turlari va jarayonlarida mehnat kishisidan mustahkam irodani talab qilinib, bu holat mehnat jarayonida paydo boʻladi va toblana boradi. Uning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yoʻl-yoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda, ya‘ni, bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Insonlarda irodaning qay darajada ekanligini, maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Bu harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat bo‗lsa, kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki iroda deb ataladi. Tashqi toʻsiqlar tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tashqi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashqi iroda deb ataladi.Shu sababli irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish, ichki toʻsiqlarni, ichki irodani yengish bilan uzviy bogʻliqdir. Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va boshqa iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsiqlarni yengar ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi [7]. Iroda kishining xarakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Irodaviy sifatlarni irodaviy tartibga solishning shaxsiy xususiyatlariga aylangan xususiyatlari va yengib o‗tiladigan qiyinchilikning tabiatiga ko‗ra, muayyan aniq vaziyatlarda namoyon qila olishi kerak bo‗ladi [1]. Inson o‗zining irodaviy fazilatlarini ko‗rsatmasligini hisobga olgan holda faqat o‗z motivlari bilan birga (muvaffaqiyatsizlik qo‗rquvi, istak g‗alaba qozonish va boshqalar) va axloqiy tarbiya, balki tug‗ma xususiyatlari bilan ham asab tizimining namoyon bo‗lishining, masalan, asab jarayonlarining muvozanati yoki nomutanosibligi natijasida azaldan birlamchi qobiliyatlardan biri (ong va tuyg‗u bilan birga) sifatida qaralib kelgan. Irodaviy harakatlarning maqsadli bo‗ysunishini ko‗rsatishning o‗zi yetarli emas, chunki bu yuksak ma‘noda maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zboshimchalik bilan bo‗lgan harakatlar juda ko‗p, ammo shunga qaramay ularni hech qachon irodali deb atash mumkin emas va ularni psixologik tilda irodali deb atash noto‗g‗ri, aslida, maqsadli harakatlar ham borki, biz ularni boshqalardan aniq ajratib turamiz va bu nom ularga biriktirilgan – irodaviy jarayon ekanligini anglatib turadi [4]. O‗z davrining donishmandlari iroda haqida qadimgi davrlardan beri turlicha fikrlar bildirishgan. Jumladan, Faylasuf Arastu iroda haqida shunday deydi; ―Iroda inson xulq - atvorini o‗zgartirishda boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lgan eng kerakli omildir‘‘. F.Shiller ―Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy qoidadir‖, V.Shekspir ―Bizning shaxsimiz bog‗, irodamiz esa uning bog‗bonidir‖, I.Gyote ―Jiddiy, teran, haqiqiy iroda ong avvalo maqsadga erishishga ishonch tasavvuri bilan uyg‗unlikda ifodalanadi‖, E.Rodderdamskiy ―Irodali inson uchun hech qanday qiyin ish yoʻq‖ deb hisoblaydilar [5]. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling