Ilmiy jurnal


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

Asosiy qism. Iroda, irodaviy sifatlar va irodaviy harakatlar muammosi mahalliy va xorijiy 
psixologiyada ham o‗rganilgan. Bular, D.Yu.Jixarev, E.V.Zefirov, V.A.Ivannikov, E.P.Ilyin, 
A.F.Lazurskiy, N.D. Levitov, S.L. Rubinshteyn, P.A. Rudik, V.K. Kalin, V.A. Krutetskiy, V.S. Merlin, 
A.Ts.Puni, S.Ya.Samulkin, V.I.Selivanov, E.P. Shcherbakov, O.N. Yatskov va boshqalar qator tadqiqotlar 
o‗tirgan va o‗zlarining izlanishlarini olib borganlar [2] . 
Shuningdek, D.N.Uznadzening o'rnatish nazariyasiga asoslangan, inson faoliyatining ongli shakllari 
bilan uning ongligacha bo'lgan shakllari o'rtasidagi bog'liqlikni ochib beruvchi iroda tushunchasini ham 
ta'kidladi. 
V.A.Krutetskiy o‗z asarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, sabr-
toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.
P.M.Yakobson bo‗lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat‘iyatlilik, tirishqoqlik, o‗zini 
uddalashga ajratadi.
Insonda namoyon bo‗ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov sobitqadamlik va 
tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat‘iyatlilik, 
chidamlilik va o‗zini uddalashlik, botirlik va jasoratlikni kiritadi [6]. 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
135 
Muhokama va natijalar. Talabalar hissiy intellekti katta rol o‗ynaydi - his-tuyg‗ularini aniqlash va 
boshqarish qobiliyati, maqsadlarga erishish rejalarni o‗zgartirishga, qulay natijaga erishish uchun zarur 
bo‗lgan aloqani topishga va boshqa odamlar bilan munosabatlarni o‗rnatishga yordam beradigan 
fikrlashning moslashuvchanligini talab qiladi. Irodali kishi yaxshiroq variantlarni izlaydi, ularni amalga 
oshiradi va yangi imkoniyatlarni yarata biladi [8].
Bugungi kunda, zamonaviy talaba qaror qabul qilish, ular uchun mas‘uliyatli bo‗lish, faol, maqsadli 
bo‗lish, ichki va tashqi to‗siqlarni yengib o‗ta olish maqsadga erishishga to‗sqinlik qiladigan barcha 
to‗siqlarni yenga olishda, irodani shakllantirish uchun jismoniy madaniyatning roli muhimligini bildiradi. 
Zero, turli jismoniy mashqlar, ochiq va sport o‗yinlari bo‗yicha faol mashg‗ulotlar o‗smirlarda hayotiylikni 
shakllantirishga xizmat qiladi. Muhim jismoniy va irodaviy fazilatlar, o‗smirning irodasi qiyinchiliklarni 
yengish jarayonida rivojlanadi va qotib boradi. O‗quv faoliyatidagi qiyinchiliklar subyektiv va obyektivga 
bo‗linadi. Subyektiv xususiyatga bog‗liq shaxsiyat, xarakter, temperament va boshqalar kiradi. Obyektiv 
qiyinchiliklar sport faoliyatining umumiy va o‗ziga xos shartlaridan kelib chiqadi: belgilangan rejimga 
rioya qilish, ko‗plab musobaqalarda qatnashish, noqulaylik.ob-havo va boshqalar [3]. 
Yuqorida aytilganlarga asoslanib, talabalarda iroda kuchini baholashda maqsadi oliy o‗quv yurtida 
ta‘lim olayotgan bo‗lg‗usi psixolog talabalarning irodaviy fazilatlari eksperimentda o‗rganildi. Bunda
bunda talabalar irodaviy fazilatlarining asosiy mezonlari tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqillik, 
chidamlilik va o‗zini tuta bilish, sabrlilik, shijoat, diqqatlilik, maqsadga muvofiqlikga asosiy e‘tibor 
qaratildi.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling