Ilmiy jurnal
Tadqiqot materiallari va usullari
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot UrDU Pedagogika va psixologiya ta‘lim yo‗nalishi
talabalarida o‗tkazildi. Tadqiqotda N.N.Obozov tomonidan 1997- yili ishlab chiqilgan va iroda kuchi namoyon bo‗lishining umumiy tavsifnomasini o‗rganishga bag‗ishlangan ―Iroda kuchini baholash‖ metodikasidan foydalanildi. So‗rovnomada 72 nafar talaba ishtirok etib, olingan natijalar quyidagicha izohlandi. Tadqiqot natijalari bo‗yicha talabalarning 29,17 foizi irodasi kuchsiz, 54,16 foizi iroda kuchi o‗rtacha, 16,67 foizi iroda kuchi yuqori darajada ekanligi aniqlandi. (1-rasmga qaralsin.) 1-rasm. Oliy o„quv yurti talabalarida iroda kuchini baxolash natijalari. Iroda kuchining o‗rtacha darajasi talabalar odob-axloq va qonun-qoidalarni me‘yorida bajarishga o‗zlaridagi kuch va irodasini sarflashadi xolos. Bu holat ularni qonun -qoida asosida yashashi uchun normada ushlab turishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, irodaning yuqori va past darajadagi ko‗rsatkichlari ham mavjud, natijalar mezoniga ko‗ra irodaviy sifatning yuqori darajasi sub‘ektlarning 16,67 foizida ko‗rsatilgan. Test natijalariga ko‗ra yuqori iroda kuchiga ega talabalar doimiy psixologik yordamga muhtoj emas, o‗zlari qaror qabul qilishga moyil,o‗zining qabul qilgan fikri guruh fikridan farq qilsa, qarshilik ko‗rsatish qobiliyatiga ega, yana ularning intizomli ekanligi ustunlik qilgan va o‗z vazifalarini sidqidildan bajaradilar. Irodaviy sifatning yuqori darajasida, tashabbuskor, yetakchilikka moyilligi, hamma jarayonlarda yuqori bo‗lgan faol talabalar, https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 136 ko‗pincha, yangiliklarga ―qo‗zg‗atuvchi‖ sifatida harakat qilishi, biror narsaga intilishi, o‗zgarishlar zarur bo‗lgan va innovatsion yondashuvlar talab qilinadigan holatlarda yaxshi ishlaydilar. Biroq, test bo‗yicha respondentlar orasida ―tashabbuskorlik‖ning irodaviy sifatidagi past darajasi ham mavjud bo‗lib, ular o‗rtasida irodaning past darajasi, 29,17 foizi shuni ko‗rsatadiki, talabalar burch va majburiyatlari bilan o‗zlarini ortiqcha qiynamaydilar, bu hayotga osonroq qarash, bu esa kamroq tashvish bo‗lishi mumkinligi haqida o‗ylab topilgan g‗oyalar asosida yashashadi. Bunday irodaviy sifatlar darajasining pasayishi sub'ektlarning passivligini ko‗rsatadi, ular bor imkoniyatdan unumli foydalanshga va ular hech narsani o‗zgartirishga moyil emasligi, shuningdek, taklif va tashabbuskorlikdan imkoniyati cheklanganligi, hamda, guruhning fikriga bog‗liqlik xususiyatlari aniqlandi. Bu ularning o‗zlariga bo‗lgan ishonchsizligini, doimiy shubhalarga moyilligini, qarorlar uzoq ikkilanishdan keyin qabul qilinishini va yetarli barqarorlikka ega emasligini ko‗satadi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling