Ilmiy jurnal


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
224 
Ularning kasb tanlashi, hayot yo‗lini belgilashi va kelajakda turli shaxsiy faoliyatni amalga oshirishida 
o‗zining haq-huquqlari ko‗pligini tushunganliklarini tasdiqlamoqda.  
2-jadval 
Huquqiy savodxonlikni shaxsning jamiyat va fuqarolik manfatlarini anglashiga imkon
beruvchi holatlari 
 
Baholash mezonlari 
O„spirinlar munosabat miqdori 
nafar 
Foiz 
Fuqarolik ongi 
109 
17,66 
Huquqiy bilimlar 
269 
43,53 
O‗zining haq-huquqini bilishi 
187 
30,28 
Me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi 
25 
4,11 
Hayotiy muammolar bilan bog‗liq huquqiy 
yordamga zarurat sezishi 
27 
4,42 
O‗spirinlar «fuqarolik ongi»ga ega bo‗lishini ham yuqori baholashga moyil bo‗lganlar 109 nafar 
(17,66%)ni tashkil etdi. Bundan ko‗rinadiki, o‗spirinlarda fuqaro sifatida fuqarolik, jamiyat rivojlanish 
istiqbollari, uning taqdiriga aloqadorligini anglash, ijtimoiy xulq-atvorning umumiy yo‗nalishini tartibga 
soluvchi yuqori darajadagi dispozitsiyalarni tashkil etuvchi g‗oyalar ham mavjduligidan dalolat bermoqda.
O‗spirinlar orasida fuqarolik va jamiyat manfatlari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik muhimligi haqida 
mulohazalaydiganlari ham mavjudligi ahamiyatlidir. 
Ammo o‗spirinlardan «hayotiy muammolar bilan bog‗liq huquqiy yordamga zarurat sezishi» 
huquqiy savodxonlikni muhim jihati sifatida e‘tirof etganlar (27 nafar (4,42 %)). Agar huquqiy savodxonlik 
borasida hayotiy muammolar bilan bog‗liq huquqiy yordamga zarurat sezishning o‗ziyoq shaxsning 
huquqiy bilimlarga bo‗lgan ehtiyojini belgilaydi. Ko‗p hollarda insonlar hayotiy muammolari borasida 
huquqiy yordamga zarurat sezgan sharoitlarida huquqiy savodxonlik zarurligini anglaydilar. Ushbu bandni 
ustuvor baholagan o‗spirinlarning munosabatlarini muhim deb hisoblash mumkin. 
O‗spirinlar orasida huquqiy savodxonlikning bir jihati «me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi»dan 
iborat deb baholaganlar 25 nafar (4,11%)ni tashkil etdi. Me‘yoriy-huquqiy hujjatlar deganda normativ 
hujjatlar to‗g‗risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‗rsatmalari sifatida 
huquqiy normalarni belgilashga, o‗zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. 
Ko‗p hollarda oddiy fuqarolar me‘yoriy-huquqiy hujjutlar nima uchun kerakligiga e‘tibor qaratmaydilar. 
Shu bois, ta‘lim muassasalarida huquqiy ta‘lim fanlarini o‗qitilishining asosiy sharti ham ta‘lim 
oluvchilarda huquqiy savodxonlik hamda u bilan bog‗liq me‘yoriy-huquqiy hujjatlar haqidagi dastlabki 
bilimlar shakllantirilishi kam sonli o‗spirinlar tomonidan anglab yetilganligi bejizga emas. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling