Ilmiy jurnal
РЕЗУЛЬТАТЫ ЭМПИРИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ ОТНОШЕНИЯ
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- THE RESULTS OF THE EMPIRICAL STUDY OF TEENAGERS ATTITUDES TO LEGAL LITERACY Annotation
РЕЗУЛЬТАТЫ ЭМПИРИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ ОТНОШЕНИЯ ПОДРОСТКОВ К ПРАВОВОЙ ГРАМОТНОСТИ Аннотация: В данной статье рассматриваются роль и значение правовой информации в формировании правовой грамотности молодѐжи, являющейся одним из приоритетов на сегодняшний день, а именно формирование правовых установок у молодѐжи, повышение правовой и психологический грамотности. Ключевые слова: правовая грамотность, правовая информация, правовое отношение, правопонимание, правосознание, юридические действия, правовая культура, послушание, осведомленность, информатизация. THE RESULTS OF THE EMPIRICAL STUDY OF TEENAGERS' ATTITUDES TO LEGAL LITERACY Annotation: this article covers the role and importance of legal information in the formation of legal literacy in youth is one of the priorities today, namely, the formation of legal attitudes in youth, increasing legal literacy and a psychological analysis of the results of the study. Keywords: legal literacy, legal information, legal attitude, legal understanding, legal consciousness, legal actions, legal culture, obedience, awareness, informatization. Kirish. Respublikamizda so‗nggi yillarda yoshlarning huquq va erkinliklari, ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalaridagi ishtirokini kuchaytirish, ta‘lim olishi, turmush tarzini yaxshilashga yo‗naltirilgan huquqiy-me‘yoriy asos yaratildi. «Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yo‗nalishida: yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilanib borishini ta‘minlash; qonun ijodkorligida yoshlarning yaqindan ishtirokini ta‘minlash; jumladan, voyaga yetmaganlar, o‗rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‗yicha ta‘sirchan mexanizmlarning aniq choralarini ishlab chiqish.» [1, 18] vazifalar ijrosini ta‘minlashda o‗spirinlarning huquqiy savodxonligini kuchaytirishning psixologik omillarini aniqlash shakllanishining pcixologik mexanizmlarini aniqlash va takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan yangicha nazariy yechimlarni topish uchun mustahkam asos yaratildi. Savodxonlik amaliyotda psixologik mazmun kasb etuvchi yana bir tushuncha mavjud bo‗lib, u psixologik savodxonlik nomi bilan ataladi. Z.Azimova psixologik savodxonlikka ta‘rif keltiradi. Unga «Psixologik savodxonlik o‗zi, o‗zga kishilar, atrof olam va ularning o‗zaro munosabatlari haqidagi bilimlar va axborotlarning mavjudligi» [2, 11] tarzida ifodalanadi. Psixologik savodxonlikning navbatdagi ta‘rifini qator manbalarda uchratish mumkin bo‗ladi. Ularda «psixologik savodxonlik- bu insonga o‗ziga va atrof olamga ongli, aqlli yondashuvi, individual imkoniyatlari va xususiyatlarini bilishi, tushunishi va hisobga olishiga olib keluvchi psixologik bilimlari va vositalari», deb ta‘riflanadi.[3, 62] Pedagogik savodxonlik bilim, ko‗nikma, malaka va ijtimoiy tajribani boshqalarga o‗tkazish qobiliyati sifatida belgilanishi mumkin; ijtimoiy-madaniy tajribani yaratadigan, saqlaydigan va boyitadigan va o‗z yutuqlarini o‗zlashtirishga muhtoj bo‗lganlar o‗rtasida vositachi bo‗lish qobiliyatidir. https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling