Ilmiy jurnal
-jadval G.Soldatova va S.Rijovaning “Etnik identiklikning turlarini diagnostika qilish”
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
2-jadval
G.Soldatova va S.Rijovaning “Etnik identiklikning turlarini diagnostika qilish” metodikasining Kraskel-Uollis mezoni boʻyicha koʻrsatkichlar tahlili (n=490) № Koʻrsatkichlar Millat vakillarining oʻrtacha rang koʻrsatkichlari Statistik qiymat O ʻzbekla r (n= 7 0 ) Q o ra qa lpo qla r (n= 7 0 ) Rus lar (n= 7 0 ) K o re y sla r (n= 7 0 ) Q o zo qla r (n= 7 0 ) Q irg ʻizla r (n= 7 0 ) T o jikl a r (n= 7 0 ) H 1. Etnonigilizm 244,07 239,36 247,51 247,09 235,02 268,64 236,81 2,690 2. Etnik indefferentlik 227,41 233,76 234,94 245,53 261,79 255,79 259,28 3,991 3. Pozitiv etnik identiklik 249,43 243,12 229,86 230,47 243,97 257,88 263,77 3,444 4. Etnoegoizm 228,54 233,71 217,84 298,67 251,91 245,81 242,02 14,276* https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 48 5. Etnoizolyatsionizm 245,45 245,27 239,06 255,93 253,43 234,17 245,19 1,198 6. Milliy fanatizm 233,75 230,64 253,24 263,11 233,01 242,03 262,72 4,185 Sharh: p<0,05 (95%) ishonch darajasida farqlar mavjud Etnonigilizm shkalasi boʻyicha sinaluvchi guruhimizdagi respondentlarning natijalari oʻrtasida ahamiyatli farqlar kuzatilmagan boʻlib (H=2,690, p<0,847), oʻzbek millatidagi talabalarda (244,07), qoraqalpoq millatidagi talabalar (239,36), rus millatli talabalar (247,51), koreys talaba-yoshlarida (247,09), qozoq talabalari (235,02), qirgʻiz millatli talabalar (268,64), tojik millatdagi talabalarda (236,81) tashkil etdi. Mazkur etnonigilizm - gipoidentlik shakllaridan biri boʻlib, oʻz etnik guruhidan voz kechishni va etnik mezonlarga koʻra emas, balki barqaror ijtimoiy-psixologik boʻshliqlarni izlashni ifodalaydi. Bu koʻrsatkich boʻyicha qirgʻiz millatiga mansub talabalarda yuqori koʻrsatkichlar kuzatilib, bu ular yashayotgan davlatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyatning barqarorlik darajasi bilan ham izohlanadi. Etnik indefferentlik - etnik identiklikning mavhumlashishi, etnik kelib chiqishining noaniqligida, etnik kelib chiqishining ahamiyatsizligida namoyon boʻladi va mazkur koʻrsatkichda ham ahamiyatli farqlar boʻlmadi (H=3,991, p<0,678), oʻzbek millatidagi talabalarda (227,41), qoraqalpoq millatidagi talabalar (233,76), rus millatli talabalar (234,94), koreys talaba-yoshlarida (245,53), qozoq talabalari (261,79), qirgʻiz millatli talabalar (255,79), tojik millatdagi talabalarda (259,28) tashkil etdi. Qozoq millatidagi talaba-yoshlarda mazkur jihat boʻyicha nisbatan ustunlik kuzatilishi ulardagi XX asrning oʻrtalarida boʻlgan ommaviy ruslashtirish madaniyatining hosilasi deb ham qarashga imkon beradi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling