Ilmiy jurnal
Tadqiqot obyekti va qoʻllanilgan metodlar
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
- Olingan natijalar va ularning tahlili.
Tadqiqot obyekti va qoʻllanilgan metodlar. Ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar dinamikasida etnik
guruhlarning jamoaviy xotirasi muhim rol oʻynaydi, chunki uning jamiyatdagi sharoitlari va funksiyalari etnik jamoaning oʻziga xosligini shakllantirishga ta‘sir qiladi. Oʻtmishning jamoaviy xotirasi zamonaviy etnik jamoalarning jamoaviy ongi tarkibida mavjud boʻlib, turli ijtimoiy guruhlardagi etnik guruhlarning alohida vakillarini oʻz ichiga oladi. Oʻtmishning kollektiv xotirasi ikki xil - kommunikativ va madaniy. Kommunikativ xotira deganda odatda ―avlodlar xotirasi‖ deb ataladigan narsa tushuniladi. Madaniy xotira https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 45 ―manbalar boʻlib, kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan xotiralarni asoslash rejimida va shuning uchun mifologik ildizlarga ega‖. Tadqiqotda jami 490 nafar talabalar sinaluvchi sifatida ishtirok etib ularning tanlama toʻplamdagi reprezentativligi toʻliq ta‘minlangan deyishimiz mumkin. Xususan, oʻzbek millatiga mansub talabalar 70 nafar, qoraqalpoq millatiga mansub talabalar 70 nafar, rus millatiga mansub talabalar 70 nafar, koreys millatiga mansub talabalar 70 nafar, qozoq millatiga mansub talabalar 70 nafar, qirgʻiz millatiga mansub talabalar 70 nafar va tojik millatiga mansub talabalar 70 nafardan iborat boʻldi. Biz tarafdan tadqiqotimiz mobaynida oʻtkazilgan navbatdagi psixodiagnostik vosita aynan talabalarda akkulturatsiya jarayonidagi etnik identiklik va madaniyatlar turlichaligini etnopsixologik jihatlariga qaratilgan boʻlgani bois, dastlab Dj.Finnining ―Etnik identiklikni oʻrganish‖ metodikasining tahlilini keltirishni joiz deb bildik. Olingan natijalar va ularning tahlili. Odatda etnopsixologik tadqiqotlar amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Olimlarning koʻpyillik izlanishlari asosida etnopsixologik tadqiqotlarning quyidagi turlari mavjudligi aniqlangan. 1 - standart - dastlab madaniyatlararo taqqoslashni oʻz ichiga olmaydi. Obyekt, milliy ong yoki oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlar va yoʻnalishlar, ehtiyoj va motivlar; avto- va getero- stereotiplarning oʻziga xos xususiyatlari, etnik munosabatlar, an‘analar, odatlar va urf-odatlar, muayyan millat va elat vakillarining xulq-atvorining oʻziga xosligi kabilar boʻladi. 2- madaniyatlararo - turli millatlarga mansub odamlarning bir nechta guruhlarida yoki turli millat vakillari bir joyga toʻplangan guruhlarda parallel ravishda olib boriladigan shaxslarning psixologik va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini oʻrganish. 3- tarixiy va gnoseologik yondashuv – millatlarning kelib chiqishini tarixiy tahlil, kontent tahlili, omil tahlili va boshqa tadqiqotlarda turli ma‘lumotlarni umumlashtirish va boshqa usullar yordamida oʻrganish. U ma‘lum bir millat vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilishning iloji boʻlmaganda qoʻllaniladi (tarixiy, siyosiy, arxiv manbalarini tahlil qilish). Etnopsixologik tadqiqotlarni olib borishda tadqiqotchi tomonidan nir nechta etikaviy-axloqiy, konfidensiallik tamoyillariga amal qilish tadqiqot natijalarining ishonchli chiqishini kafolatlashga xizmat qiladi. Xususan, dastlabki etnopsixologik etikaviy tamoyilga koʻra, etnik jamoa shakllanishi va uning psixologiyasining turli omillarini hisobga olish - milliy ruhiyatni tarix, iqtisod, siyosiy va madaniy rivojlanish mahsuli sifatida va bu etnik jamoa uzoq vaqt yashaydigan boshqa sharoitlarni oʻrganishdan dalolat beradi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling