So‘roq psixologiyasi. Tanib olish uchun ko`rsatma berish psixologiyasi. Reja


Download 49.33 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi49.33 Kb.
#1762471
  1   2   3
Bog'liq
9-MAVZU


So‘roq psixologiyasi. Tanib olish uchun ko`rsatma berish psixologiyasi.

Reja:

  1. Tergov harakatlarini shakllantirish jarayonida koʻrsatmalarning toʻlaligiga va toʻg‘riligiga ta’sir etuvchi omillar, soʻroq qilinayotgan shaxslarning individual psixologik xususiyatlarini va umumiy psixologik qonuniyatlari mexanizmlarini hisobga olish.

  2. Soʻroq qilinayotgan shaxslar bilan «psixologik aloqa» oʻrnatish. Gumonlanuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish psixologiyasi. Jabrlaiuvchini soʻroq qilish psixologiyasi.

  3. Voyaga yetmagan jabrlanuvchini soʻroq qilish. Guvohlarni soʻroq qilish psixologiyasi. Yuzlashtirish psixologiyasi


1.Tergov harakatlarini shakllantirish jarayonida koʻrsatmalarning toʻlaligiga va toʻg‘riligiga ta’sir etuvchi omillar, soʻroq qilinayotgan shaxslarning individual psixologik xususiyatlarini va umumiy psixologik qonuniyatlari mexanizmlarini hisobga olish.

so`roqning asosi bo`lib xisoblanadi, unda aniqlik kiritilishi uchun zarur savollar, ularning mazmuni va tartibi belgilab quyiladi. Soroqdan avval ish materiallarini o`rganish, guvox yoki jabrlanuvchini so`roq qilish chog`ida aniqlanishi kerak bulgan savollar doirasi bilan bog`lik dalillarni taxlil qilish zarur.Soroqqa kirishishdan avval guvoxdar va jabrlanuvchilar shaxsiyatini o`rganish talab etiladi. Ularning tarjimai xoli, shaxsiy-tipik yoshlari bilan bog`liq xususiyatlar, psixologik rivojlanganlik darajasi, kasb-kori, qiziqish doirasi, jinoiy xatti- xarakatga alokadorligi va hokazo ma’lumotlar shular jumlasidandir. Rasmiy surok oldidan, bevosita tanishuv chorida tergovchi gumondor, guvox yoki jabrlanuvchining tashki qiyofasi, madaniyati, nutqining alomatlari, psixofiziologik ta’sirot va xolatlari (xayronlik, lokaydlik, xayajon, qurquv,xotirjamlik, dushmanlik va hokazo)ni kuzatish orqali ularning tergovga yordam berish istagi yoki aksincha iloji boricha kamroq ahamiyatsiz, yolg`on ma’lumotlar berish bilan cheklanishga intilishi haqida muayyan tushuncha hosil kiladi. Guvox yoki jabrlanuvchi shaxsiyatiga oid ma’lumotlar psixologik muomala (kontakt) urnatish, so`roqning eng maqbul yusinini (taktikasini) tanlashda qo`l keladi. Guvox va jabrlanuvchilarni chaqirtirish vaqti va usuli, shuningdek tergov xarakati o`tkazilayotgan sharoit va joy alohida psixologik axamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko`ra guvox, va jabrlanuvchilar imkoni boricha zuddik bilan so`roq qilinmog`i kerak. Biroq bu yerda ham istisnolar mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba’zan esa guvox, ko`z o`ngida sodir etilgan jinoyat tufayli ruhiy xayajonga tushgan, asablari qaqshagan, o`zini yuqotib ko`ygan bo`lsa so`roqni kechiktirgan ma’qul.Bezorilik, boskinchilik, nomusga tegish kabi jinoiy ishlarning tergovida zudlik bilan so`roq qilish bilan birga jinoyatchini kkdirib topish va x,ibsga olish uchun zarur ma’lumotlar jamlanganidan keyin, guvox, va jabrlanuvchilarni qaytadan, batafsil so`roq qilish maksadga muvofikdir.Psixologik nuktai nazardan guvox, yoki jabrlanuvchini so`roqqa chaqirish vaktini belgilayotib, ish manfaatlari bilan chaqirilayotganlarning imkoniyatlari va manfaatlarini uyg`unlashtirishga


intilish lozim. Agar chaqirilayotgan shaxslarning ko`rgazmalari ish uchun juda ham ahamiyatli bulsa, ularni chaqirish uchun telefondan foydalanish afzalrokdir. Telefon orqali so`zlashuv psixologik muomala (kontakt) o`rnatilishiga imkon beradi, bundan tashkari soroqqa maxsus chakiruv qog`ozi bilan ham chakirtirish mumkin, ular guvox, jabrlanuvchining uyiga albatta konvertga solib junatiladi.Jabrlanuvchi, guvox;ni soroq kilishning joyini belgilash xam psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, jabrlanuvchi yoki guvoxdar jinoyatga oid muhim tafeilotlarni unutgan bulsalar, ularni vokea yuz bergan joyda so`roq kilish maqsadga muvofiq bulib hisoblanadi. So`roq joyini tanlayotgan paytda odob-axloqqa oid mulohazalarni ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Yoshi utib qolgan yoki bemor kishilarni tergovchi xuzuriga chaqirtirish tavsiya etilmaydi. Tergovchining o`zi ularning oldiga borishi va o`sha joyning o`zida so`roq qilishi kerak. Agar buning imkoniyati bo`lmasa, ushbu ish bo`yicha surishtiruv olib borilayotgan joydagi tegishli tergovchiga shaxsni yashash joyida so`roq kilishga oid aloxida topshiriq yuborish lozim. Bemor jabrlanuvchi yoki guvohni fakat vrachning ruxsati bilan, u yotgan joyda (uyida yoki kasalxonada) so`roq qilish mumkin. So`roq kutilgan natijani berishi ko`p jixatdan o`tkazilayotgan sharoitiga bog`liq- Bitta ish bo`yicha chaqirilgan guvoxdar aloxida-aloxida, boshqa guvoxlarsiz so`roq qilinadi. Ayni chog`da tergovchi bitta ish buyicha guvoxlar bir-birlari bilan kelishib olmasliklari uchun tegishli choralarini ko`rishi zarur. Butun so`roq mobaynida tergovchi, ayblanuvchi, guvox yoki jabrlanuvchini xech narsa chalg`itmasligi, telefon qo`ng`iroqlari, kirib-chiqayotgan xodimlarning gap- so`zlari tergovchiga xalakit bermasligi muhimdir. E’tikodli (prinsipial), adolatparvar, xalol, va odobli tergovchi so`roq qilayotgan kishining hurmatini qozonadi, unda rostmana ko`rgazmalar bilan tergovchiga yordam berish istagini uygotadi. So`roq qilinayotgan shaxsning kongliga individual-psixologik nuqtai nazardan yo`l topish tergovchining eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Buning uchun tergovchi so`roq qilinayotgan kishining yoshi, manfaatlari, jinsi, ma’lumoti, turmush tajribasi, madaniyatlilik dorajasi, e’tiqodlari, so`roq paytidagi psixik kechinmalarini e’tiborga olib, o`zaro ishonch vaziyatini tug`dirishga intilishi lozim. Tergovchining tashqi ko`rinishi, yaxshi xulq-atvori, sarishtaligi, kirishimliligi, odamgarchiligi, diqqat-e’tiborliligi, xushmuomalaliligi hamohang ravishda so`roq qilinayotgan shaxsda ishonch va muomalaga hozirlik kayfiyatini uyg`otadi.So`roqning dastlabki, kirish kismida tergovchi so`roq qilinayotganning asosan tarjimai holi, yashash va ishlash joyi kabi ma’lumotlarni (anketa ma’lumotlarini) oladi. Moxiyat-e’tiboriga ko`ra bu savol-javoblar suxhbatdoshlarning bir-biriga nisbatan bundan keyingi munosabatlarini belgilab beradi.So`roqning ikkinchi bosqichi psixologik muomala (kontakt) urnatishni taqozo etadi, bunda so`roq qilinayotganning hozirjavobligi, rosmana ko`rgazma berishga shaylangani tushuniladi. Bu bosqichda so`roq suhbatning maromi, ohangi, emosional darajasi, suhbatdoshlarning kechinmalari va bir-birlarini ishontirish uchun keltiriladigan, o`zlarining xaqliklarini ta’kidlaydigan dalil-isbotlar xal kiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jabrlanuvchi va guvoxlarning ijtimoiy- psixologik fazilatlariga ta’sir o`tkazish orqali psixologik muloqot (kontakt) o`rnatilishi mumkin. Ba’zan tergovchi o`ziga ishonch uyg`otish, jabrlanuvchi va guvoxdarda suxbatlashishga ishtiyoq tug`dirish, o`zi bilan ularning mayl-ehtiyojlari, qiziqish doiralari o`rtasida umumiylikni namoyon qilish orqali psixologik kontakt o`rnatishga erishadi.Tergovchi guvox va jabrlanuvchilarning ko`rgazmalariga xayrixoxlik. va ishonch bilan munosabatda bulishi shart. U tomondan qupollik istexzo, nazar-pisand qilmaslik, ishonchsizlik, shoshqaloqlik, e’tiborsizlik kabi muomala ko`rinishlariga yo`l ko`yilishi tergov samarasiga salbiy ta’sir ko1rsatishi mumkin.Soroq qilinayotgan kishi voqea tafsilotlarini o`z bilganicha so`zlab berganidan keyin, tergovchi uning tergovni qiziqtirayotgan holatlarni tilga olmayotgani yoki mavzudan chetga chiqib ketayotganini paykasa,
qushimcha, aniklik kirituvchi savollarni beradi.Jinoiy ishlar tergov qilinayotganda ko`pincha jabrlanuvchi, guvoxlarni tergov qilayotib ular aytib berayotgan voqea sodir bo`lgan ani`q vaqtni tasdikdab olish zaruriyati tugiladi. Tergovchi so`roq qilinayotgan kishining esiga tushiruvchi mulohazasi bilan unga yordamlashishi mumkin. Ana shu maksadda xronometraj usuli ham qullanadi. Muqaddima tarzida guvox yoki jabrlanuvchi uchun xotirasidan uchmaydigan bironta sana, voqea eslatiladi, so`ngra tergovchi o`sha kuni uning yana nimalar bilan shug`ullangani, faoliyatining maromi, muddatlari bilan qizikib, shu orqali o`sha kunni tergovni qiziqtirayotgan daqiqalargacha vakt jadvaliga soladi.So`roqning yakuniy boskichida tergovchi turlicha vositalar: ko`lyozma, mashinka yoki kompyuter yozuvi, audio, video yozuv bilan so`roq jarayonida olingan ma’lumotlarni qayd etib, so`roq qilinayotgan kishiga yozma ravishda topshiradi, u tanishib chiqib, o`z imzosi bilan bayonnoma (protokol)dagi ma’lumotlarning asliga to`griligini tasdiqdaydi.So`roq mobaynida so`roq qilinayotgan kishining kechinmalarini aniqlab olish maqsadida uni diqqat
bilan kuzatish lozim, negaki uning ichki kechinmalari tashki kiyofasida, xulq-atvorida, eshitgan ma’lumotlarni qanday qabul qilishida, nutqining xususiyatlari (maromida, mazmuniga ko`ra boy ekanligi, takrorlar, uzuk~yuluqligi va xokazo)da yaqqol ko`zga tashlanadi. Misol uchun, rangning oqarishi yoki qizarishi, nutq tezligi va maromining o`zgarishi, duduqlanish, qaltirash, to`xtamay gapirish, chala-chulpa so`zlash, ovozni balandlatish yoki xaxolay boshlash, nafas olishining tezlashishi yoki sekinlashishi qattik xayajonlanishdan dalolat beradi. Bunday psixologik kechinmalarni qayd etish so`roq berayotgan kishi qay paytda rost, qay paytda yolg`on aralashtirib yoki faktlarni bo`rttirib gapirayotganini aniqlab olishga ko`maklashadi.

Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling