So‘roq psixologiyasi. Tanib olish uchun ko`rsatma berish psixologiyasi. Reja


Soʻroq qilinayotgan shaxslar bilan «psixologik aloqa» oʻrnatish. Gumonlanuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish psixologiyasi


Download 49.33 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi49.33 Kb.
#1762471
1   2   3
Bog'liq
9-MAVZU

2.Soʻroq qilinayotgan shaxslar bilan «psixologik aloqa» oʻrnatish. Gumonlanuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish psixologiyasi.
Sud xukmi bilan aybi tasdiqdanguniga qadar (aybsizlik prezumpsiyasiga kura) gumondor va ayblanuvchi jinoyatchi bo`lib hisoblanmaydi. Biron bir jinoyatda ayblanayotgan yoki gumonlanayotgan odam jinoyatchi bo`lib chiqmasligi ham mumkin. Gumondorga nisbatan ayblanuvchi odatda, jinoiy ish holati, tergov ega bo`lgan dalil va isbotlar mazmunidan ko`pro`q ogox, bo`ladi. Biroq dastlabki tergov paytida gumondorda ham ayblanuvchida ham uxshash psixologik jarayonlar, holatlar, hayajon kuzatiladi, buning oqibatida o`ziga xos xulq-atvor namoyon bo`ladi. Qo`rquv hissi odatda jinoiy javobgarlikka jalb etilgunga qadar haqiqatdan ham jinoyat sodir etgan shaxsda yuzaga qalqib chiqadi.Jamoatchilik nazorati, tevarak-atrofdagilarning munosabati, e’tiroflari va mulohazalariga hatti jamiyatga e’tiqodi zid, bekaror kimsalar xam befarq qaramaydi. El-yurt nazaridan qolish kuchli motiv bo`lib, ko`p jihatdan ayblanuvchining xulqi-atvorini
idora qiladi. So`roqda ayblanuvchi dilini ruhiy tushkunlik hissi qamrab olgan bo`lishi, bo`lgan voqeani qarindoshlari, yaqin kishilari, do`stlari, hamkasblari, qo`ni-qo`shnilari eshitishini o`ylab iztirob chekishi mumkin. Bunday motivni payqagan tergovchi so`roq qilinayotgan shaxsga rosmana va to`liq ko`rsatma berishi zarurligini uqtira olishi lozim. Faqat mana shu
holatgina yaqin kishilari uni ma’lum ma’noda tushunishlari mumkinligiga ishontirishi zarur.Tergovchi ba’zan boshqa odamlarning fikri bilan mutlako hisoblashmaydigan ayblanuvchilar (ko`proq residivistlar) bilan yuzma-yuz kelishiga tug`ri keladi. Ular aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasiga qattiq
yopishib olib, «qo`lga tushmagan o`gri emas» «hali aybni isbotlash kerak» va hokazo qoidalarni pesh qiladilar.Ayblanuvchi xulq-atvorini ozodlikdan maxrum bo`lish, odatdagi turmush tarzidan ayrilib qolish, jinoyatchi maxkumlar orasiga tushib qolishdan qo`rkuv xissi tug`diradigan kuchli psixologik tushkunlik natijasida shakllanadigan motiv xam idora qilishi mumkin. Bunday hissiyotlar ayniksa, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslarga xosdir, ular jinoiy javobgarlik mazmunidan bexabar bo`lganlari tufayli o`ta tushkun kayfiyat girdobida qoladilar. Ba’zi bunday vaziyatlarda ayblanuvchi aybiga iqror bo`lmasa, yolg`on ko`rsatma bersa, hibsga olinish, kamoqqa tushish, ozodlikdan maxrum etilish xukmidan qutulib qolishiga umid bog`laydi. Shunga muvofik tutiladigan psixologik holat, nuktai nazarni tergovchi bartaraf etishi talab qilinadi. Buning uchun ayblanuvchiga uning iqrorligiga xojat yuqligi, dalil-isbotlar yig`indisi aybni bo`yniga ko`yishda xal qiluvchi axamiyatga egaligi, shuningdek aybiga to`liq iqror bo`lish, jinoyatni ishga ko`maklashish sud uchun aybni yumshatadigan xolat ekanligini tushuntirish zarur.Uyushgan jinoiy gurux, tarkibida sodir etilgan jinoyatda ayblanayotgan shaxs sheriklariga xar xil munosabatda bo`ladi. O`ziga xomiylik qilib, qo`llab- quvvatlab yurgan shaxsning tagin yordam berishi, qullab-quvvatlashidan umidvor bo`lib, uning jinoyatga taalluqliligini yashirishga urinadi. Tergov jarayonida, bir-biridan ajratib qo`yilgan jinoiy gurux, a’zolari o`rtasidagi yuqorida qayd etilgan xolatga asoslanuvchi munosabatlar axamiyatini yo`qotib boradi. Ayblanuvchida o`zini jinoiy guruhga qo`shib olgan kimsalarga nisbatan nafrat uyg`onib, kuchayib boradi. Tergovchi ayblanuvchining ana shunday psixologik xolatidan oqilona foydalanishi darkor, unga jinoiy guruxda xukm surgan munosabatlarning asl mohiyatini, jinoyatchilar o`rtasidagi «sadoqatlilik» xissi uydirmadan boshqa narsa emasligini mantiqan dalillab berishi kerak.Ko`pincha gumondor tergovchi qanday dalillarg egaligi, unga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qullanishi, tergov harakatlari qay tartibda o`tkazilishdan bexabar bo`ladi. Bunday mavxumlik, muallaklik daliliy va psixologik metodlarni qullashning shart-sharoitlaridan bo`lib hisoblanadi.
Biroq bunda axloqiy va ma’naviy me’yorlar hamda tamoyillarning buzilishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi.Odamning xulq-atvori ko`p jihatdan ma’lum bir paytda bosh miyaning katta yarim sharlari qobig`idagi har qanday ta’sirotga o`ta ko`zg`aluvchan bo`lgan hamda boshqa asab markazlari faoliyatiga tormozlantiruvchi ta’sir ko`rsata oladigan xukmron qo`zg`atish o`chog`i (dominanta)ning kuchiga bog`liq bo`ladi. Insonda odatda dominanta xayotining muayyan darajadagi jiddiy pallasida yuz bergan voqea uchun qayg`urishi, qattik hayajonlanishi, qurquv, umidsizlik hislariga berilish
tufayli turiladi.Dominanta ta’siri ostida jinoyatchi go`yo uning xavfsizligini ta’minlaydigan, fosh etilishidan saqlaydigan hamda keyingi jazodan asrab qoladigan (ko`pincha pala-partish) xatti-x,arakatlarni amalga oshirishga kirishadi. Uning faoliyati uziga xos x;imoyalanish tusini oladi. Birok uning aynan ana shu xatti-x,arakatlari, xulk-atvori x,uk,uk,-tartibot idoralari xodimlarining e’tiborini tortadi, uni sodir etilgan jinoyatga alokddor, deb taxmin kilishlari uchun asos buladi. Bunday xatti--x;arakatlar «xulk,-atvor dalili» deb nomlanadi.Xulk-atvor dalillari xilma-xil kurinishda buladi. Ular orasida eng kup uchraydiganlari chalrituvchi sahnalar, yolton (alibi) tasdiq yaratish va soxta mantiqiy javoblarni tayyorlab quyishdir. Tergovchini jinoyat qidiruv jarayonining e’tiborini tortadigan soxta izga solib yuborishga urinish, jinoyatchi shaxsi, jinoyat motivi tutrisida uydirma mish-mishlar tarkatish, tevarak-atrofdagilarni jinoyatga alokdsi yukdigiga ishontirish maksadida namoyishkorona xulq-atvor yo`liga kirish, isbot talab qilmaydigan dalillarni keltirish («kurmadim», «eshitmadim» va xokazo) xulq-atvor dalillariga misol bula oladi.Jinoyatchilarning jinoyat sodir etilgandan keyin xulq-atvorlari odatdagidan o`zgarib ketadi: tergovchi bilan kelishishga, uni gapga ko`ndirishga urinadilar, jabrlanuvchi yoki guvoxlarni sotib olmoqchi bo`ladilar, yolg`on ko`rsatma berishdan qaytmaydigan shaxslarni izlay boshlaydilar, jinoyat sodir etilgan joyga ba’zan bir necha marta boradilar.
Ko‘pgina hollarda jinoyatlarni tez va to‘la ochish, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortishga nafaqat dalillarning yetishmasligi, balki ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning jinoyatchini fosh qila olmaslik, jinoyat holatlarini tahlil qilish va ishning mavjud holatlarini yetarli darajada tekshirmasligi to‘sqinlik qilishi mumkin. Surishtiruvchi va tergovchi tergov harakatlarini o‘tkazish qoidalari, tartibi va o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq egallamasdan turib, jinoyat ishini tergov qilishning to‘liqligi va ob’ektivligini kafolatlash mumkin emas. So‘roq qilish tergov harakatini to‘g‘ri o‘tkazish, ushbu tergov harakati natijasida ish uchun ahamiyatli dalillarni qo‘lga kiritish nafaqat qonunni, balki psixologiya, kriminologiya, etika va pedagogikani ham bilishni talab etadi
So‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish orqali ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni olishda so‘roq qilinayotgan shaxsning pozisiyasi, ya’ni uning haqiqatni aytishga yoki aksincha, yolg‘on guvohlik berish orqali tergovni noto‘g‘ri yo‘ldan olib borishga intilishi asosiy rol o‘ynaydi. Xususan, so‘roq qilingan shaxs qasddan yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoki garchi u tergovga chin dildan yordam berishni istasa-da, ish holatini yaxshi bilmasligini keltirib o‘tish mumkin. So‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazishda asosiy e’tiborni himoya va ayblovni qo‘llab-quvvatlovchi tomonlarning harakatlariga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Jumladan, himoya va ayblovni qo‘llab-quvvatlovchi tomonlar turli maqsadlarni ko‘zlaydi va har doim guvohlikni ular uchun qulay yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi [4]. Surishtiruvchi va tergovchi so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazayotganda har doim inson omilini hisobga olishi kerak. So‘roq qilinayotgan shaxs tergov uchun muhim holatlarni unutishi, voqeani tavsirlashda xatoga yo‘l qo‘yishi, tergov qilinayotgan ish bo‘yicha nima muhimligini yoki ikkinchi ahamiyatga ega ekanligini tushunmasligi mumkin. So‘roq qilinayotgan shaxs cheklangan idrokka ham ega bo‘lishi mumkin (asab tizimining buzilishi, charchash, hayajonlanish, sezgi organlarining nuqsonlari). Agar shaxs jinoyat sodir etilgan vaqtida kuchli xayajonlanish holatida bo‘lgan bo‘lsa, u voqelikni yetarli darajada idrok eta olmagan
bo‘ladi. Shu bilan birga, so‘roq qilinayotgan shaxsda xayolparastlik, voqea mohiyatini tushunmaslik, sodir bo‘lgan hodisani to‘liq eslab olmaslik kabi holatlar ham yuzaga kelishi mumkin [5, s. 22]. Bunday holda surishtiruvchi yoki tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga ishonchli va xolisona ko‘rsatuv berishiga yordamlashishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksiga talablariga ko‘ra, so‘roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmasligi, alohida toifadagi shaxslar, ya’ni voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi belgilab o‘tilgan. Surishtiruvchi va tergovchi so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud

so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim. So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tug‘ilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. So‘roq qilinuvchi so‘roq qilinayotgan tilni bilmasa, u holda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi. So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga JPKda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasida qayd etiladi.


So‘roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo‘lgan holatlari to‘g‘risida so‘zlab berish taklif qilinadi. Surishtiruvchi va tergovchi so‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning ko‘rsatuvlarini to‘ldirish yoki aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin. Tergov harakatini amalga oshirayotgan mansabdor shaxs so‘roq qilinuvchiga savollar berayotganida asosiy e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan holatlar mavjud. Jumladan, kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi hamda ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi. So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishiga ruxsat beriladi.

So‘roq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida so‘roq bayonnomasida rasmiylashtiriladi. So‘roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish va videoyozuvga olish ham qo‘llanilishi mumkinligi jinoyat-protsessual qonuni bilan ruxsat etilgan.


So‘roq qilish davomida qo‘llanilgan fonogramma va videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi [6, s. 7-8]. Ko‘rsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha so‘zma-so‘z yozib boriladi. Savol-javob so‘roq jarayonida qanday olib borilgan bo‘lsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan so‘roq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak. So‘roq qilinuvchi ko‘rsatuvni o‘z qo‘li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli hisoblanadi. O‘z qo‘li bilan yozilgan ko‘rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga tegishli qaydlar kiritiladi. So‘roq qilinuvchi bayonnomani o‘qib bo‘lgach, ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qo‘yiladi, basharti ko‘rsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo‘lsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, jinoyat ishlarini tergov qilishda so‘roq tergov harakatini jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi kelgusida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillarni qo‘lga kiritilishi va olingan dalillarning maqbul bo‘lishiga xizmat qilib, jinoyatlarni tez va to‘la ochish hamda jinoyat sodir etgan har bir shaxsni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga, eng asosiysi esa haqiqatni aniqlanishiga erishish mumkin bo‘ladi.


Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling