Ilmiy jurnal
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
Key words: acculturation, culture, ethnic identity, student-youth, socialization, ethnic group,
components, ethnic character. Kirish. Zamonaviy jamiyatdagi madaniy xilma-xillik tobora ijtimoiy ziddiyat va siyosiy nizolar manbalaridan biriga aylanib bormoqda va uning ijtimoiy birlikdan ajralmasligidan dalolat beradi. Zamonaviy jamiyatning birligi ma‘lum milliy va madaniy jamoalarning chegaralariga zid keladi. Etnik jamoalarning ijtimoiy va madaniy integratsiyalashuvi muammolari bevosita etnik va madaniy identifikatsiya jarayonlari bilan bogʻliq, shuning uchun zamonaviy koʻp millatli muhitda etnik jamoalarning oʻz-oʻzini identifikatsiyalash jarayonlarini oʻrganish kerak. Keng ma‘noda identiklik deganda ijtimoiy oʻzaro ta‘sir jarayonida muayyan rolga ega boʻlgan ma‘lum shaxslar yoki ijtimoiy guruhlarning identifikatsiyasi, oʻzlarini va boshqalarni turli xil ijtimoiy kommunikatsiyalar ―dunyolarida‖ ma‘lum bir oʻrin bilan bogʻlash tushuniladi. Ijtimoiy-madaniy identiklik - etnik guruhning obyektiv va subyektiv tarkibiy qismlaridan qat‘iy nazar, etnik guruh bilan identifikatsiya qilish; unitar yoki federal shaklda ifodalanishidan qat‘iy nazar, millat bilan identifikatsiya qilish; ma‘lum bir millat chegaralaridan chegara yoki geografik jihatdan uzoqda boʻlishi mumkin boʻlgan millatlararo madaniy hudud bilan oʻzaro bogʻliqlik kabilar bilan aloqadrolik kasb etishi bilan ham oʻrganilishi muhim boʻlgan muammolardan biri hisoblanadi. Etnik identiklik - bu shaxsning ma‘lum bir etnik guruhga mansublik koʻrsatkichi boʻlib, uning vakillariga xos fazilatlar mavjudligini bilish, ta‘lim va faoliyat sohasidagi etnik jihatdan aniqlangan afzalliklarni baholash bilan belgilanadi. Dj.Finnining fikricha, etnik identiklik - bu oʻzini etnik guruh a‘zosi sifatida anglash, oʻzini hozirgi va oʻzgaruvchan tushunish, oʻz etnik kelib chiqishi haqida tuzilgan va oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan xabardorlikka taalluqli dinamik koʻp oʻlchovli konstruktsiyadir. Etnik identiklikning psixologik ma‘nosi milliy oʻziga xoslik (etnik guruh bilan emas, balki millat bilan identifikatsiya qilish), etnik oʻzini oʻzi anglash (etnik guruhda shaxsning oʻzini oʻzi belgilashi natijasi), etnik tuygʻu (etnik guruhga daxldorligini hissiy idrok etish), etniklik (etnik ahamiyatga ega dunyoda shaxsning umumiy ijtimoiy ta‘rifi va oʻzini oʻzi belgilashi), etnik identifikatsiya (etnik oʻziga xoslikni olish jarayoni), etnik oʻzini oʻzi identifikatsiya qilish (oʻzini etnik jamoaga ongli ravishda bogʻlash) kabi hayot kontekstidagi bir-biriga bogʻliq toifalar bilan taqqoslaganda namoyon boʻladi. Etnik identiklikning eng muhim belgilari til, kelib chiqishi, turmush tarzi, an‘anaviy madaniyati, qadriyatlari va me‘yorlari, tarixiy xotira va mifologiya, din, Vatan hissi, fuqarolik, xarakter, tashqi koʻrinishdir. Etnik identiklikning tuzilishi haqida gapirganda, tadqiqotchilar odatda ongli va ongsiz darajalar (G.U.Soldatova), kognitiv va affektiv komponentlar (M.Barrett) mavjudligini ta‘kidlaydilar. Kognitiv komponent shaxs va guruhning etnik xususiyatlari, etnik guruhga mansubligini anglash, etnik avto- va geterostereotiplarning mazmuni haqidagi bilim va gʻoyalarni oʻz ichiga oladi. Affektiv komponent etnik jamoalarga munosabatni, etnik guruhga mansublikni baholashni, etnik stereotiplarning yoʻnalishini va etnik imtiyozlarni oʻz ichiga oladi. Ba‘zan xulq-atvor va xatti-harakatlarning etnik rangdagi oʻziga xosligidan iborat boʻlgan xatti-harakatlar komponenti ham qoʻshiladi. Dj.Finni etnik identiklikdagi etnik ong, etnik oʻzini oʻzi aniqlash, etnik munosabat, etnik xulq-atvorlarni ajratib koʻrsatadi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling