Ilmiy jurnal
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Psixologiya (Ijtimoiy psixologiya)magistratura mutaxassisligi II bosqich talabasi dy25021998@icloud.com AKKULTURATSIYA JARAYONIDA TALABA-YOSHLARDA ETNIK IDENTIKLIK VA QADRIYATLAR DIFFERENSIALLASHUVI MUAMMOLARINING ETNOPSIXOLOGIK JIHATLARI Annotatsiya: Insoniyatning butun tarixi odamlar oʻrtasidagi munosabatlarni: kim-kim, kim-kim bilan, kim-kim uchun, kim-kimga qarshi ekanligini aniqlash bilan oʻtganligi sababli, akkulturatsiya oʻzaro ta‟sir va oʻzaro hamkorlik jarayoni va natijasi sifatida ayon boʻladi. Turli madaniyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisadir. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, akkulturatsiya umuminsoniy xususiyatga ega boʻlgan, u yoki bu madaniyatning tashuvchilaridagi xulq-atvor koʻrinishlari, urf-odat, an‟analar elementlarni oʻzida mujassam etgan global jarayondir. Akkulturatsiya – madaniyatlarning oʻzaro ta‟siri, bir millat vakillari tomonidan boshqa etnik jamoa madaniyatini toʻliq yoki qisman idrok etish jarayonining natijasidir. Akkulturatsiya, shuningdek, hukmron etnik jamoaning xulq-atvor normalarini, kundalik hayot namunalarini, madaniyatini qabul qilishni nazarda tutadi. Quyida keltirilgan maqolada madaniyatlararo muloqot jarayoniga olib keluvchi akkulturatsiya hodisasida talabalarda etnik identiklik darajalari hamda identiklik turlarining etnopsixologik oʻziga xosligi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari tahlili taqdim etilgan. Kalit soʻzlar: akkulturatsiya, madaniyat, etnik identiklik, talaba-yoshlar, ijtimoiylashuv, etnik guruh, komponentlar, etnik xususiyat. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling