Ilmiy jurnal


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
134 
Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan 
qobiliyat hisoblanib, har bir inson irodaviy harakatini amalga oshirarkan, oʻziga hukmron ehtiyoj va 
xohishlariga qarshi turadi. Iroda uchun ―men xohlayman‖ degan kechinma emas, balki ―kerak‖, 
―bajarishim shart‖ degan kechinma bo‗lishi shart. 
Irоda insоngagina хоs muhim хususiyat bo‗lib, u shaхsning turli-tuman faоliyatlarida namоyon 
bo‗ladi va insоn faоlligining muhim tоmоnini tashkil etadi. Irоda kishining o‗z хatti-harakatlarini оngli 
ravishda bоshqarishni, bir qatоr intilish va istaklarni tiyib turishni taqоzo etadi. Irоdaviy harakat shundan 
ibоratki, bundan оdam o‗zini-o‗zi idоra qiladi, o‗zini-o‗zi qo‗lga оladi, o‗z his-tuyg‗ularini nazоrat qilib 
turadi va kеrak bo‗lib qоlgan paytlarda ularni bоsa оladi. Irоdaning namоyon bo‗lishi ish-harakatlarda 
оngning ishtirоk qilishi bilan bоg‗liq bo‗lgan shaхs faоlligidir. Shaxs faoliyatining barcha turlari va 
jarayonlarida mehnat kishisidan mustahkam irodani talab qilinib, bu holat mehnat jarayonida paydo boʻladi 
va toblana boradi. Uning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va 
yoʻl-yoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda, ya‘ni, bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. 
Insonlarda irodaning qay darajada ekanligini, maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Bu harakat 
jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki 
mayllariga xos holat bo‗lsa, kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan 
hukmronlik qila bilish layoqati ichki iroda deb ataladi. Tashqi toʻsiqlar tevarak-atrofdagi voqelikda 
uchraydi. Kishining ana shunday tashqi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashqi iroda deb ataladi.Shu sababli 
irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish, ichki toʻsiqlarni, ichki irodani yengish bilan uzviy 
bogʻliqdir. 
Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, 
mustaqillik va boshqa iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. 
Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsiqlarni yengar 
ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi [7]. Iroda kishining xarakteri bilan uzviy bogʻliq, uning 
shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Irodaviy sifatlarni irodaviy tartibga solishning shaxsiy xususiyatlariga 
aylangan xususiyatlari va yengib o‗tiladigan qiyinchilikning tabiatiga ko‗ra, muayyan aniq vaziyatlarda 
namoyon qila olishi kerak bo‗ladi [1]. Inson o‗zining irodaviy fazilatlarini ko‗rsatmasligini hisobga olgan 
holda faqat o‗z motivlari bilan birga (muvaffaqiyatsizlik qo‗rquvi, istak g‗alaba qozonish va boshqalar) va 
axloqiy tarbiya, balki tug‗ma xususiyatlari bilan ham asab tizimining namoyon bo‗lishining, masalan, asab 
jarayonlarining muvozanati yoki nomutanosibligi natijasida azaldan birlamchi qobiliyatlardan biri (ong va 
tuyg‗u bilan birga) sifatida qaralib kelgan. Irodaviy harakatlarning maqsadli bo‗ysunishini ko‗rsatishning 
o‗zi yetarli emas, chunki bu yuksak ma‘noda maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zboshimchalik bilan bo‗lgan 
harakatlar juda ko‗p, ammo shunga qaramay ularni hech qachon irodali deb atash mumkin emas va ularni 
psixologik tilda irodali deb atash noto‗g‗ri, aslida, maqsadli harakatlar ham borki, biz ularni boshqalardan 
aniq ajratib turamiz va bu nom ularga biriktirilgan – irodaviy jarayon ekanligini anglatib turadi [4]. 
O‗z davrining donishmandlari iroda haqida qadimgi davrlardan beri turlicha fikrlar bildirishgan. 
Jumladan, Faylasuf Arastu iroda haqida shunday deydi; ―Iroda inson xulq - atvorini o‗zgartirishda 
boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lgan eng kerakli omildir‘‘. F.Shiller ―Iroda odamzodning farqli belgisidir, 
faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy qoidadir‖, V.Shekspir ―Bizning shaxsimiz bog‗, irodamiz 
esa uning bog‗bonidir‖, I.Gyote ―Jiddiy, teran, haqiqiy iroda ong avvalo maqsadga erishishga ishonch 
tasavvuri bilan uyg‗unlikda ifodalanadi‖, E.Rodderdamskiy ―Irodali inson uchun hech qanday qiyin ish 
yoʻq‖ deb hisoblaydilar [5]. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling