Ilmiy jurnal


Tadqiqot materiallari va usullari


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot UrDU Pedagogika va psixologiya ta‘lim yo‗nalishi 
talabalarida o‗tkazildi. Tadqiqotda N.N.Obozov tomonidan 1997- yili ishlab chiqilgan va iroda kuchi 
namoyon bo‗lishining umumiy tavsifnomasini o‗rganishga bag‗ishlangan ―Iroda kuchini baholash‖ 
metodikasidan foydalanildi. So‗rovnomada 72 nafar talaba ishtirok etib, olingan natijalar quyidagicha 
izohlandi. 
Tadqiqot natijalari bo‗yicha talabalarning 29,17 foizi irodasi kuchsiz, 54,16 foizi iroda kuchi 
o‗rtacha, 16,67 foizi iroda kuchi yuqori darajada ekanligi aniqlandi. (1-rasmga qaralsin.) 
 
 
1-rasm. Oliy o„quv yurti talabalarida iroda kuchini baxolash natijalari. 
Iroda kuchining o‗rtacha darajasi talabalar odob-axloq va qonun-qoidalarni me‘yorida bajarishga 
o‗zlaridagi kuch va irodasini sarflashadi xolos. Bu holat ularni qonun -qoida asosida yashashi uchun 
normada ushlab turishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, irodaning yuqori va past darajadagi ko‗rsatkichlari ham mavjud, natijalar mezoniga 
ko‗ra irodaviy sifatning yuqori darajasi sub‘ektlarning 16,67 foizida ko‗rsatilgan. Test natijalariga ko‗ra 
yuqori iroda kuchiga ega talabalar doimiy psixologik yordamga muhtoj emas, o‗zlari qaror qabul qilishga 
moyil,o‗zining qabul qilgan fikri guruh fikridan farq qilsa, qarshilik ko‗rsatish qobiliyatiga ega, yana 
ularning intizomli ekanligi ustunlik qilgan va o‗z vazifalarini sidqidildan bajaradilar. Irodaviy sifatning 
yuqori darajasida, tashabbuskor, yetakchilikka moyilligi, hamma jarayonlarda yuqori bo‗lgan faol talabalar, 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
136 
ko‗pincha, yangiliklarga ―qo‗zg‗atuvchi‖ sifatida harakat qilishi, biror narsaga intilishi, o‗zgarishlar zarur 
bo‗lgan va innovatsion yondashuvlar talab qilinadigan holatlarda yaxshi ishlaydilar.
Biroq, test bo‗yicha respondentlar orasida ―tashabbuskorlik‖ning irodaviy sifatidagi past darajasi 
ham mavjud bo‗lib, ular o‗rtasida irodaning past darajasi, 29,17 foizi shuni ko‗rsatadiki, talabalar burch va 
majburiyatlari bilan o‗zlarini ortiqcha qiynamaydilar, bu hayotga osonroq qarash, bu esa kamroq tashvish 
bo‗lishi mumkinligi haqida o‗ylab topilgan g‗oyalar asosida yashashadi. Bunday irodaviy sifatlar 
darajasining pasayishi sub'ektlarning passivligini ko‗rsatadi, ular bor imkoniyatdan unumli foydalanshga va 
ular hech narsani o‗zgartirishga moyil emasligi, shuningdek, taklif va tashabbuskorlikdan imkoniyati 
cheklanganligi, hamda, guruhning fikriga bog‗liqlik xususiyatlari aniqlandi. Bu ularning o‗zlariga bo‗lgan 
ishonchsizligini, doimiy shubhalarga moyilligini, qarorlar uzoq ikkilanishdan keyin qabul qilinishini va 
yetarli barqarorlikka ega emasligini ko‗satadi. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling