Ilmiy jurnal
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 135 Muhokama va natijalar.
Asosiy qism. Iroda, irodaviy sifatlar va irodaviy harakatlar muammosi mahalliy va xorijiy
psixologiyada ham o‗rganilgan. Bular, D.Yu.Jixarev, E.V.Zefirov, V.A.Ivannikov, E.P.Ilyin, A.F.Lazurskiy, N.D. Levitov, S.L. Rubinshteyn, P.A. Rudik, V.K. Kalin, V.A. Krutetskiy, V.S. Merlin, A.Ts.Puni, S.Ya.Samulkin, V.I.Selivanov, E.P. Shcherbakov, O.N. Yatskov va boshqalar qator tadqiqotlar o‗tirgan va o‗zlarining izlanishlarini olib borganlar [2] . Shuningdek, D.N.Uznadzening o'rnatish nazariyasiga asoslangan, inson faoliyatining ongli shakllari bilan uning ongligacha bo'lgan shakllari o'rtasidagi bog'liqlikni ochib beruvchi iroda tushunchasini ham ta'kidladi. V.A.Krutetskiy o‗z asarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, sabr- toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. P.M.Yakobson bo‗lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat‘iyatlilik, tirishqoqlik, o‗zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo‗ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat‘iyatlilik, chidamlilik va o‗zini uddalashlik, botirlik va jasoratlikni kiritadi [6]. https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 135 Muhokama va natijalar. Talabalar hissiy intellekti katta rol o‗ynaydi - his-tuyg‗ularini aniqlash va boshqarish qobiliyati, maqsadlarga erishish rejalarni o‗zgartirishga, qulay natijaga erishish uchun zarur bo‗lgan aloqani topishga va boshqa odamlar bilan munosabatlarni o‗rnatishga yordam beradigan fikrlashning moslashuvchanligini talab qiladi. Irodali kishi yaxshiroq variantlarni izlaydi, ularni amalga oshiradi va yangi imkoniyatlarni yarata biladi [8]. Bugungi kunda, zamonaviy talaba qaror qabul qilish, ular uchun mas‘uliyatli bo‗lish, faol, maqsadli bo‗lish, ichki va tashqi to‗siqlarni yengib o‗ta olish maqsadga erishishga to‗sqinlik qiladigan barcha to‗siqlarni yenga olishda, irodani shakllantirish uchun jismoniy madaniyatning roli muhimligini bildiradi. Zero, turli jismoniy mashqlar, ochiq va sport o‗yinlari bo‗yicha faol mashg‗ulotlar o‗smirlarda hayotiylikni shakllantirishga xizmat qiladi. Muhim jismoniy va irodaviy fazilatlar, o‗smirning irodasi qiyinchiliklarni yengish jarayonida rivojlanadi va qotib boradi. O‗quv faoliyatidagi qiyinchiliklar subyektiv va obyektivga bo‗linadi. Subyektiv xususiyatga bog‗liq shaxsiyat, xarakter, temperament va boshqalar kiradi. Obyektiv qiyinchiliklar sport faoliyatining umumiy va o‗ziga xos shartlaridan kelib chiqadi: belgilangan rejimga rioya qilish, ko‗plab musobaqalarda qatnashish, noqulaylik.ob-havo va boshqalar [3]. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, talabalarda iroda kuchini baholashda maqsadi oliy o‗quv yurtida ta‘lim olayotgan bo‗lg‗usi psixolog talabalarning irodaviy fazilatlari eksperimentda o‗rganildi. Bunda bunda talabalar irodaviy fazilatlarining asosiy mezonlari tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqillik, chidamlilik va o‗zini tuta bilish, sabrlilik, shijoat, diqqatlilik, maqsadga muvofiqlikga asosiy e‘tibor qaratildi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling