Ilmiy jurnal


Tadqiqot obyekti va qoʻllanilgan metodlar


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

Tadqiqot obyekti va qoʻllanilgan metodlar. Ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar dinamikasida etnik 
guruhlarning jamoaviy xotirasi muhim rol oʻynaydi, chunki uning jamiyatdagi sharoitlari va funksiyalari 
etnik jamoaning oʻziga xosligini shakllantirishga ta‘sir qiladi. Oʻtmishning jamoaviy xotirasi zamonaviy 
etnik jamoalarning jamoaviy ongi tarkibida mavjud boʻlib, turli ijtimoiy guruhlardagi etnik guruhlarning 
alohida vakillarini oʻz ichiga oladi. Oʻtmishning kollektiv xotirasi ikki xil - kommunikativ va madaniy. 
Kommunikativ xotira deganda odatda ―avlodlar xotirasi‖ deb ataladigan narsa tushuniladi. Madaniy xotira 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
45 
―manbalar boʻlib, kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan xotiralarni asoslash rejimida va shuning uchun 
mifologik ildizlarga ega‖. Tadqiqotda jami 490 nafar talabalar sinaluvchi sifatida ishtirok etib ularning 
tanlama toʻplamdagi reprezentativligi toʻliq ta‘minlangan deyishimiz mumkin. Xususan, oʻzbek millatiga 
mansub talabalar 70 nafar, qoraqalpoq millatiga mansub talabalar 70 nafar, rus millatiga mansub talabalar 
70 nafar, koreys millatiga mansub talabalar 70 nafar, qozoq millatiga mansub talabalar 70 nafar, qirgʻiz 
millatiga mansub talabalar 70 nafar va tojik millatiga mansub talabalar 70 nafardan iborat boʻldi. Biz 
tarafdan tadqiqotimiz mobaynida oʻtkazilgan navbatdagi psixodiagnostik vosita aynan talabalarda 
akkulturatsiya jarayonidagi etnik identiklik va madaniyatlar turlichaligini etnopsixologik jihatlariga 
qaratilgan boʻlgani bois, dastlab Dj.Finnining ―Etnik identiklikni oʻrganish‖ metodikasining tahlilini 
keltirishni joiz deb bildik. 
Olingan natijalar va ularning tahlili. Odatda etnopsixologik tadqiqotlar amaliy ehtiyojlar bilan 
belgilanadi. Olimlarning koʻpyillik izlanishlari asosida etnopsixologik tadqiqotlarning quyidagi turlari 
mavjudligi aniqlangan. 1 - standart - dastlab madaniyatlararo taqqoslashni oʻz ichiga olmaydi. Obyekt, 
milliy ong yoki oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlar va yoʻnalishlar, ehtiyoj va motivlar; avto- va getero-
stereotiplarning oʻziga xos xususiyatlari, etnik munosabatlar, an‘analar, odatlar va urf-odatlar, muayyan 
millat va elat vakillarining xulq-atvorining oʻziga xosligi kabilar boʻladi. 
2- madaniyatlararo - turli millatlarga mansub odamlarning bir nechta guruhlarida yoki turli millat 
vakillari bir joyga toʻplangan guruhlarda parallel ravishda olib boriladigan shaxslarning psixologik va 
ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini oʻrganish. 
3- tarixiy va gnoseologik yondashuv – millatlarning kelib chiqishini tarixiy tahlil, kontent tahlili, 
omil tahlili va boshqa tadqiqotlarda turli ma‘lumotlarni umumlashtirish va boshqa usullar yordamida 
oʻrganish. U ma‘lum bir millat vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilishning iloji boʻlmaganda 
qoʻllaniladi (tarixiy, siyosiy, arxiv manbalarini tahlil qilish). Etnopsixologik tadqiqotlarni olib borishda 
tadqiqotchi tomonidan nir nechta etikaviy-axloqiy, konfidensiallik tamoyillariga amal qilish tadqiqot 
natijalarining ishonchli chiqishini kafolatlashga xizmat qiladi. Xususan, dastlabki etnopsixologik etikaviy 
tamoyilga koʻra, etnik jamoa shakllanishi va uning psixologiyasining turli omillarini hisobga olish - milliy 
ruhiyatni tarix, iqtisod, siyosiy va madaniy rivojlanish mahsuli sifatida va bu etnik jamoa uzoq vaqt 
yashaydigan boshqa sharoitlarni oʻrganishdan dalolat beradi. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling