Ilmiy jurnal


- uslubiy bilimlarni egallash zarurati


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

- uslubiy bilimlarni egallash zarurati
- har qanday turdagi matnlarning mazmuni va tuzilishini tahlil qilish 
qobiliyati, o'quv vazifalari. 
- ta'riflarda, vazifalarda, teoremalarda va hokazolarda asosiy narsani 
ajratib ko'rsatish qobiliyati; 
- namunali obyektlarni malakali qilish qobiliyati 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
73 
Yuqorida aytilganlarning barchasi nafaqat sizni o‗ziga jalb qiladi, balki bolaning mustaqilligi
tashabbusi va irodasini rivojlantiradi, uni o‗rtoqlarining manfaatlari bilan hisoblashishga o‗rgatadi. Bolalar 
charchoqni ketkazadigan va diqqatni saqlaydigan quvnoq ish kayfiyatini yaratadilar. 
Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan 
o‗zgarishlar o‗qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‗quvchining bilimlarni yuksak darajada o‗zlashtirishi; 
o‗quvchilar mustaqil tafakkurini, ular faolligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; 
ularning tafakkur, muloqot, o‗qish, mehnat qilishga bo‗lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab 
va mas‘uliyatli vazifalarni qo‗ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika 
fanining nazariy asoslarini, har bir o‗qituvchi predmetni o‗qitish metodikasini, maktab o‗quvchilarining 
fiziologiyasi asoslari, maktab o‗quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma‘lum darajada 
psixologik bilimlarga ham ega bo‗lish lozim. Наг bir pedagog ma‘lum darajada psixolog ham bo‗lishi talab 
etiladi, chunki ular har biri faqat o‗ziga xos bo‗lgan, turli yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega 
bo‗lgan o‗quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola faqat o‗ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-
atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ana shu xususiyatlarni bilish va 
shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‗lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir 
pedagog o‗zining asosiy vazifasi, ya‘ni yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga 
oshiradi. 
Quyidagilar umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib 
belgilanadi: 
 psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta‘lim jarayoni 
hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish; 
 ilg‗or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish; 
 psixologik yo‗nalishdagi o‗quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va 
amaliyotga joriy etish
 turli yosh davrlarida o‗quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan 
kuzatib borish, ta‘lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning shaxsini shakllanishida sodir 
bo‗lishi mumkin bo‗lgan har qanday salbiy og‗ishlarning oldini olish; 
 psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini tubdan yaxshilash, o‗quvchilarni kasb-
hunarga yo‗naltirish va psixologik-pedagogik tashxis, korrektsion-rivojlantiruvchi, psixoprofilaktika va 
psixologik maslahat ishlari samaradorligini oshirish; 
 pedagogik jamoalarda sog‗lom psixologik muhitni yaratish va qo‗llab-quvvatlash, jamoa 
a‘zolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni 
korreksiya-lash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; 
 ta‘lim jarayoni barcha subyektlarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, o‗quvchilar va 
pedagogik jamoalarda, o‗quvchilar oilalarida sog‗lom psixologik muhitni saqlash bo‗yicha choralar 
belgilash, kelib chiqishi mumkin bo‗lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish, aniqlangan 
muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‗rsatish; 
 iste‘dodli va iqtidorli o‗quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik 
xususiyatlari va qiziqishlarini o‗rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun sharoit 
yaratish; 
 o‗quvchilarning tug‗ma layoqati, qiziqishlari, qobiliyati hamda kasb-hunarga moyilliklari 
asosida to‗g‗ri kasb-hunar tanlashlariga ko‗maklashish; 
 o‗quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy so‗rovlar o‗tkazish va 
psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning ta‘lim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga 
samarali moslashuvini ta‘minlash; 
 pedagog xodimlar, o‗quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini 
oshirishga ko‗maklashish; 
 ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy ta‘sirlarga moyilligi mavjud bolalar va o‗smirlarni 
psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini o‗rganish, ta‘lim muassasasining ijtimoiy 
muhitiga moslasha olmaslik holatlarini korrektsiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‗yicha 
tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish; 
 axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy ta‘siri, yoshlar tarbiyasiga xavf 
solayotgan ―ommaviy madaniyat‖ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni 
o‗tkazish; 
https://buxdu.uz



Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling