Ilmiy jurnal
- uslubiy bilimlarni egallash zarurati
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
- uslubiy bilimlarni egallash zarurati;
- har qanday turdagi matnlarning mazmuni va tuzilishini tahlil qilish qobiliyati, o'quv vazifalari. - ta'riflarda, vazifalarda, teoremalarda va hokazolarda asosiy narsani ajratib ko'rsatish qobiliyati; - namunali obyektlarni malakali qilish qobiliyati https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 73 Yuqorida aytilganlarning barchasi nafaqat sizni o‗ziga jalb qiladi, balki bolaning mustaqilligi, tashabbusi va irodasini rivojlantiradi, uni o‗rtoqlarining manfaatlari bilan hisoblashishga o‗rgatadi. Bolalar charchoqni ketkazadigan va diqqatni saqlaydigan quvnoq ish kayfiyatini yaratadilar. Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o‗zgarishlar o‗qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‗quvchining bilimlarni yuksak darajada o‗zlashtirishi; o‗quvchilar mustaqil tafakkurini, ular faolligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqot, o‗qish, mehnat qilishga bo‗lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas‘uliyatli vazifalarni qo‗ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o‗qituvchi predmetni o‗qitish metodikasini, maktab o‗quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o‗quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma‘lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‗lish lozim. Наг bir pedagog ma‘lum darajada psixolog ham bo‗lishi talab etiladi, chunki ular har biri faqat o‗ziga xos bo‗lgan, turli yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega bo‗lgan o‗quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola faqat o‗ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq- atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‗lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog o‗zining asosiy vazifasi, ya‘ni yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Quyidagilar umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilanadi: psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta‘lim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish; ilg‗or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish; psixologik yo‗nalishdagi o‗quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; turli yosh davrlarida o‗quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta‘lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning shaxsini shakllanishida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan har qanday salbiy og‗ishlarning oldini olish; psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini tubdan yaxshilash, o‗quvchilarni kasb- hunarga yo‗naltirish va psixologik-pedagogik tashxis, korrektsion-rivojlantiruvchi, psixoprofilaktika va psixologik maslahat ishlari samaradorligini oshirish; pedagogik jamoalarda sog‗lom psixologik muhitni yaratish va qo‗llab-quvvatlash, jamoa a‘zolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiya-lash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; ta‘lim jarayoni barcha subyektlarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, o‗quvchilar va pedagogik jamoalarda, o‗quvchilar oilalarida sog‗lom psixologik muhitni saqlash bo‗yicha choralar belgilash, kelib chiqishi mumkin bo‗lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish, aniqlangan muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‗rsatish; iste‘dodli va iqtidorli o‗quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‗rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun sharoit yaratish; o‗quvchilarning tug‗ma layoqati, qiziqishlari, qobiliyati hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‗g‗ri kasb-hunar tanlashlariga ko‗maklashish; o‗quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy so‗rovlar o‗tkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning ta‘lim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuvini ta‘minlash; pedagog xodimlar, o‗quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‗maklashish; ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy ta‘sirlarga moyilligi mavjud bolalar va o‗smirlarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini o‗rganish, ta‘lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmaslik holatlarini korrektsiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‗yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish; axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy ta‘siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan ―ommaviy madaniyat‖ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‗tkazish; https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling