Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo
-rasm. Dastlabki tajriba-sinov natijalari diagrammasi
Download 462.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.
2-rasm. Dastlabki tajriba-sinov natijalari diagrammasi 3-rasm. Yakuniy tajriba-sinov natijalari diagrammasi Tajriba-sinov natijasida biz tomondan tavsiya etilgan o„qitish metodikasi an‟anaviy olib borilgan o„qitish metodikasiga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi. O„tkazilgan tadqiqotlar ilgari surilgan ilmiy farazning to„g„ri ekanligini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida ishlab chiqilgan metodik tizimni pedagogik tajriba- sinovga joriy qilish natijasida tajriba guruhi talabalarining nazorat guruhi talabalariga nisbatan o„quv bilish faoliyatining amaliy ko„rsatkichlari 13 %ga oshishiga erishildi. 18 XULOSA VA TAVSIYALAR “Pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (optika bo„limi misolida)” mavzusida olib borilgan ilmiy va metodik tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalar qilindi: 1. Fizikani o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o„qitishning pedagogik shart sharoitlarining aniqlashtirilishi talabalar egallashi lozim bo„lgan ta‟limiy natijalar, ya‟ni bilimlar, ko„nikmalar va malakalarga ega bo„lishning imkoniyatlari kengaytirildi. 2. Ta‟lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish talabalarga bilim olish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va o„quv jarayonida fizikani o„qitish samaradorligini rivojlantirishga imkon berishi aniqlandi. 3. Pedagogika oliy ta‟limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o„quv jarayonini tashkil etish orqali talabalarni turli xil ma‟lumotlar tizimlariga va axborot resurslariga kirish imkoniyatlari oshirildi. 4. Talabalarga elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini o„zlashtirishga qaratilgan amaliy, laboratoriya, ijodiy loyiha va ilmiy tadqiqot ishlarining taqdim etilishi, ularda kognitiv va kreativ sifatlarning rivojlanishiga olib kelishi aniqlandi. 5. Pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida umumiy fizikani o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish orqali o„qitishni o„quv rejasida belgilangan mashg„ulot soat hajmida, talabalarga o„quv dasturida qo„yilgan bilim, ko„nikma va malaka talablari zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalarining yutuqlari yordamida ma‟ruza, amaliy mashg„ulot, laboratoriya ishlari va mustaqil ta‟lim orqali jadallashtirish imkoniyati aniqlandi. 6. “Elektron ta‟lim resurslari orqali fizikaning optika bo„limini o„qitish metodikasini rivojlantirish modeli”ning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda o„zlashtirish samaradorligi 13% ga ortganligi matematik-statistik metod yordamida aniqlandi. Talabalarda fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga oid bilim, malaka va ko„nikmalar rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar: 1. Pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini o„quv mashg„ulotlari va tadqiqot jarayonlariga tadbiq etish hamda keng ommalashtirish; 2. Pedagogika yo„nalishidagi oliy ta‟lim muassasalarida elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish kurslarini tashkil etish; 3. Elektron ta‟lim resurslari asosida umumiy fizikaning Optika bo„limi bo„yicha o„quv majmualari yaratish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling