Ilmiy kengash jizzax politexnika instituti muminjonova muxayyo g
Download 0.92 Mb.
|
6.1. АвторефераМуминжонова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
O.X.Turakulov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, p.f.d., professor N.X.Kushvaktov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, p.f.n., dosent X.A. Meliyev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, p.f.n., professor KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotasiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon miqiyosida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, bo‘lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash; kasbiy-pedagogik faoliyatda innovasion shakllantirish; ta’limda ilg‘or texnologiya, didaktik vositalar va uskunalardan keng foydalanish; o‘qitishning zamonaviy usullarini integrasiyalash masalalari dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuvlar asosida innovasion faoliyatga tayyorlashda o‘z bilimini uzluksiz to‘ldirib borishi va undan kasbiy mahorat hamda ijtimoiy faoliyatda ijodiy foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Dunyoda ta’limning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish metodikalarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilib, ta’lim dasturlarini YUNESKO tomonidan qabul qilingan “Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan uyg‘unlashtirish; o‘quv jarayoniga Milliy kvalifikasiya tizimini to‘laqonli joriy etish; ta’lim tizimi va mazmunini innovasion loyihalash; ta’limning innovasion metodik modellarini yaratish va ularni muayyan ta’lim amaliyotiga joriy etilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy talablar asosida ta’lim sifatini oshirish, kreativ usullarni qo‘llash orqali ta’lim berish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarini xalqaro talablar asosida yangilash, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning erishilgan darajasi xalqaro maydonda e’tirof etish, zamonaviy ta’limning sifat jihatlarini yanada oshirish, bu boradagi samarali ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 27 iyulidagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3151-son Qarorida “Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish”-1 dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlashda innovasion faoliyatni barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimi rivojlanishi o‘qitishda innovasion texnologiyalarning roli ortib borishi bilan xarakterlanib, u bilimlarni rivojlantirish, o‘zlashtirish va tarqatish xususiyatini o‘zgartiradi, o‘rganilayotgan fanlar mazmunini chuqurlashtirish hamda kengaytirish, uni yangilash, samarali o‘qitish usullarini qo‘llash jarayonini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2021 yil 1 apreldagi “Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-6198-son farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3151-son, 2021 yil 1 apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovasion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5047-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling