Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqot ishi Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 - Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihasi hamda Buxoro-muhandislik texnologiya instituti ilmiy - tadqiqot ishlari rejasining AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” (2019-2022 yy.) mavzusidagi loyihalari doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallarini loyihalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
oliy ta’lim muassasalarida fanlardan tuzilmaviy, tashkiliy va integrativ qamrov doirasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladigan o‘quv materiallari mazmuni talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodoligik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshiruvchi axborotli-kommunikatsion mobil muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik taʼminotini takomillashtirish;
innovatsion yondashuvlar asosida yangi avlod o‘quv materiallarining integrativ-modulli tuzilmasiga asoslangan tashkiliy tuzilmaviy modelini ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallari mazmunini loyihalash texnologiyasini takomillashtirish metodikasi takomillashtirilgan;
kreativ-modulli o‘quv materiallaridan foydalanib fanlarni o‘qitish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda olingan natijalarga matematik-statistik ishlov berish;
Tadqiqotning ob’yekti oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich ta’lim va sport ta’lim yo‘nalishlarida “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fanini kreativ-modulli o‘quv materiallaridan foydalanib o‘qitish jarayoni belgilanib Jizzax, Guliston va Qarshi davlat universitetlaridan jami 355 nafar talabalar ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |