Ilmiy kengash jizzax politexnika instituti muminjonova muxayyo g


Download 0.92 Mb.
bet6/29
Sana10.07.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1659458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
6.1. АвторефераМуминжонова

Tadqiqotning predmeti oliy ta’lim muassasalarida fanlardan o‘quv materiallarini kreativ-modulli yondashuvlar asosida loyihalashning mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot maqsadiga erishish va qo‘yilgan vazifalar yechimini topish uchun kompleks ravishda ma’yoriy-huquqiy hujjatlar, psixologik-pedagogik va o‘quv-metodik adabiyotlar tahlili; kuzatuv, pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish; so‘rovnoma, test, suhbat, pedagogik eksperiment; tadqiqot natijalariga matematik-statistik ishlov berish kabi myetodlardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida fanlardan tuzilmaviy, tashkiliy va integrativ qamrov doirasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladigan o‘quv materiallari mazmuni talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodoligik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshiruvchi axborotli-kommunikatsion mobil muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik taʼminotini mazmunan takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida yangi avlod o‘quv materiallarining integrativ-modulli tuzilmasiga asoslangan tashkiliy tuzilmaviy modeli motivasion maqsadli, mazmunli-texnologik va baholovchi-natijaviy bloklari mazmuniga o‘quv materiallari tarkibiy komponentlarini loyihalash usullari (evristik, eksperimental va rasmiylashtirish) va bosqichlarini (mazmunni tanlash, o‘quv maqsadlarni aniqlash va topshiriqlarni rejalashtirish) singdirish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallari mazmunini loyihalash texnologiyasini takomillashtirish metodikasi differensial yondashuv orqali mobil va raqamli texnologiyalarni umumlashtiruvchi texnik apparatni ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatga birlashtirish hamda fanlardan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalariga (o’qish, idrok qilish, bayon qilish, muhokama qilish va ijodiy tafakkur) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalar o‘quv materiallari mazmunini loyihalashining vazniy va sifatiy ko‘rsatkichlari (ko‘rgazmalilik, ixchamlik, mobillik, mantiqiylik va mavzulararo aloqadorlik) hamda ularni adekvat baholash darajalarini modulli texnologiyalar asosida ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling