“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
bo‘lgan u yoki bu munosabatni izhor qilish imkoniyati sifatida ta’riflanadi.
Yuqorida ta’kidlangan fikr-mulohazalarga tayangan holda shuni belgilab qo‘yish
lozimki, muloqot tushunchasining fanlararo kategoriyasi ko‘p qirrali hamkorlik jarayoni,
harakat, ma’lumot va holat almashinuvi tariqasida o‘rganiladi. Eng muhim ijtimoiy fao-
liyat o‘laroq, muloqot inson shaxsini shakllantirish va takomillashtirish vositasi hisob-
lanadi. Muloqot insonlarning amaliy hamkorligi (hamkorlikdagi mehnat, o‘yin o‘ynash,
o‘qish) tarkibiga kiradi, ular faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilib borish imkonini
beradi. Shu bilan birgalikda, insonning boshqa bir inson bilan muloqot qilishdek muhim
bir ehtiyojini qondiradi. Ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lgan bu ehtiyojni
qondirish, insonlarning muloqotga bo‘lgan intilishidir.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj insonlarda hamkorlik qilishga istak uyg‘otadigan sa-
bablarni shakllantiradi. Barcha shakldagi muloqot turlarining haqiqiy vositalari sifatida
nafaqat ma’naviy faoliyatning natijalari – g‘oya, qadriyat, ideallar, tuyg‘ular va kayfiyat-
lar, balki moddiy narsalar – inson mehnati qurollari va vositalari, ijtimoiy qadriyatlar va
insoniyat tajribasi obyektlari ham bo‘lishi mumkin.
Demak, keltirib o‘tilgan fikrlar, tahlillar natijasiga ko‘ra “kommunikatsiya” va “mu-
loqot” sinonimik xarakterga ega va ular o‘zaro almashinishda bo‘ladi, degan talqinni
yuzaga keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |