Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Lingvistika fani – lingvistlar kommunikatsiyani nutqiy faoliyat va tilning kommuni-
kativ vazifasi sifatida tushunishadi. 
Pedagogika fani – pedagoglar kommunikatsiyani ta’lim jarayonining subyektlari 
(pedagoglar, o‘quvchilar)ning o‘zaro hamkorligidagi o‘ziga xos shakli, ijtimoiy tajribani 
berish va qabul qilib olishdagi so‘zlashuv va boshqa belgilar tizimi sifatida o‘rganishadi.
Shuningdek,pedagogika  tashqi  muhit  bilan  ko‘pgina  kommunikatsiyalar  orqali 
bog‘liq  bo‘ladi. Tashqi  muhit  va  mavjud  munosabatlar  pedagogik  tizimning  harakat-
lanishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Axborotlarning pedagogik tizimga kelib 
tushishi va undan qayta uzatilishi tizim komponentlarining o‘zaro va butun bir tizim 
bilan hamda tizimning tashqi muhit bilan aloqa qilish uslublari hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan talqinlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, har sohada, 
yo‘nalishda kommunikatsiya o‘ziga xos jihatlarni aks ettiradi. Lekin barchasidagi aso-
siy birlamchi vazifa – o‘zaro muloqot va bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lganligi sababli 
ham fanlar predmetidan kelib chiqadigan tabiat, borliq, jamiyat, insonning o‘zaro ham-
korlikda bir-biri bilan bog‘liq holda tasavvurga namoyon bo‘lishi va reallikka aylanib 
borishi bilan yuzaga keladi. Shu sababli ham kommunikatsiya o‘z ichiga o‘ziga xos 
murakkab tarkibiy qismlarni qamrab olgan jarayon sifatida tadqiq etiladi.
Jamiyatda har bir inson o‘z qarashlari bilan individuallikka, insoniyat sifatida umu-
miy xarakterga ega bo‘lib boradi. Aynan mana shu jarayonda kommunikatsiyaning va-
zifasi – bir tarafdan ikkinchi tarafga xabarning o‘tkazilishi, individlar orasidagi ma’lumot 
almashinuvida namoyon bo‘ladi. 
Bugungi kundagi “kommunikatsiya” atamasining zamonaviy talqini:


97
– moddiy yoki ma’naviy dunyoning turli obyektlari (aloqa);
– muloqot, bir shaxsning ikkinchi shaxsga ma’lumoti;
– omma (jamoa)ga ta’sir qilish (jamiyatda).
“Kommunikatsiya” borasidagi ilmiy nuqtayi nazarlar:
Amerika olimi A.Faberning “kommunikatsiya” tushunchasiga yondashuvi: kom-
munikatsiya  jarayoni  va  uning  davomidagi  harakat  insonlar  orasidagi  rivojlanuvchi 
hamkorlik modelini yaratishga xizmat qiladi. 
Professor  S.L.Rubinshteyn  yondashuvi:  kommunikatsiya  boshqa  shaxsni  tu-
shunish va anglashga bo‘lgan ehtiyoj asosida paydo bo‘lgan. Ya’ni insonlarning o‘za-
ro muloqotga kirishishi natijasida maqsad yotadi yoki aksincha, maqsadni ro‘yobga 
chiqarish uchun shaxslar bir-birini anglashga ehtiyoj sezadilar.
kommunikatsiya insonlar orasidagi aloqani o‘rnatish va ri voj lantirishning murak-
kab va ko‘p tabaqali hamda o‘z ichiga ma’lumot almashinuvini qamrab oluvchi, ham-
korlikning barcha uchun umumiy bo‘lgan strategiyasini ishlab chiquvchi hamkorlik fa-
oliyatidagi jarayondir;
2
Umuman olganda kommunikatsiyani bu kabi anglash jamoat va shaxslararo mu-
nosabatlarning uzliksizligini tan oladigan metodologik qarashlarga asoslangan bo‘lib, 
buning o‘zi ham kommunikatsiyaning xarakterini ochib beradi. 
Bu xususida, M.M.Alekseyeva o‘z fikrini bildirib, kommunikativ jarayonni yuzaga 
keltiruvchi omillarni uchga bo‘lib o‘rganilishi kerak deb ta’kidlaydi:
3
Birinchidan,  kommunikativ  jarayon  bevosita  muloqot,  kommunikatsiya  hara-
katlaridan  tashkil  topgan  bo‘lib,  unda  kommunikantlar  (muloqot  qiluvchilar)  ishtirok 
etishadi. Odatiy hollarda ishtirokchilar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi lozim.
Ikkinchidan,  kommunikantlar  mana  shu,  biz  muloqot  deb  nomlagan  harakatni 
amalga  oshirishlari,  ya’ni  nimadir  qilishlari  (so‘zlash,  destikulyatsiya,  o‘zining  tash-
qi  ko‘rinishidan  aniq  bir  hissiyotlarni,  masalan,  taqdim  etilayotgan  xabarga  bo‘lgan 
 emotsional bahosini “o‘qib” olishlari uchun sharoit yaratish) shart. 
Uchinchidan, aniq bir kommunikativ aktda aloqa kanalini aniqlash darkor.
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  qobiliyatlarga  ega  bo‘lish,  boshqa  insonlar  bilan  aloqa 
bog‘lash va uni muntazam ushlab turishda deb hisoblaydigan bo‘lsak, bir qator tad-
qiqotchilar, xususan, Yu.M. Jukov, L.A. Petrovskayalar tomonidan kommunikativ kom-
petensiya bu – qobiliyat deb ajratib belgilab berildi.
Aytish mumkinki, kommunikatsiyani tavsiflash masalalarida fikr va qarashlar bir-bi-
rini inkor etmaydi, aksincha, kommunikatsiya ijtimoiy hamkorlik sifatida o‘rganiladi.
O‘z  navbatida,  kommunikatsiyaga  parallel  bo‘lgan  muloqot  tushunchasi  haqida 
to‘xtalamiz.
“Muloqot”  (kommunikatsiya)  –  bu  insonning  o‘zaro  munosabatlar  va  hamkorlik 
sharoitida  yashash  uslubidir.  Muloqot  jarayonida  insonlar  ma’lumot  –  fikr,  g‘oya  va 
tuyg‘ular almashishadi, buning natijasida insonlar orasida aniq bir o‘zaro munosabat-
lar shakli yo‘lga qo‘yiladi. Insonning psixikasi, uning rivojlanishi, aqliy takomillashishi 
va madaniy axloqining shakllanishida muloqot katta mohiyat kasb etadi. O‘rganishga 
bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga psixologik rivojlangan shaxslar bilan muloqot orqali, 
inson o‘zining barcha oliy sermahsul qobiliyatlari va sifatlariga ega bo‘ladi. Barkamol 
2
 Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии – СПб: Питер, 2002. – С. 451.
3
 алексеева М.М., Яшина в.И. Методика развития речи и обучения родному языку дошколь-
ников. Учеб. пособие для студ. высш. и сред. пед. учеб. заведений. – 3-е изд., стереотип. – М.: 
академия, 2000. – С. 400.


98

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling