96
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
“kommunikatsiya” so‘zi – boshqa ko‘pgina chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar kabi,
rus tilida ham keng foydalaniladi. Bu so‘zning asl mazmun-mohiyati
communico (lotin
tilidan olingan) –
“umumlashtiraman”, “bog‘layman”, “muloqot qilaman” ma’nolarini bil-
diradi. Umumiy ma’noda, bu so‘z tabiatidan qat’i nazar boshqa bir obyektlarni bog‘lash
usulini anglatadi. kommunikatsiyaning bunday keng ma’noda qo‘llanilishida haqiqiy
borliq konteksida turli qarashlar bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun ham fan va
falsafada “kommunikatsiya”ning turli talqinlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot doirasida kommunikatsiya tushunchasining mantiqiy, psixologik va
til bilan bog‘liqlikda o‘tkazilgan tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning inson hayotida murakkab
va ko‘pqirrali ko‘rinishi mavjud va uni insoniyatni o‘rganuvchi ko‘plab fanlarni tadqiq
etadi. Buni quyidagi fanlar misolida kuzatish mumkin:
Falsafa fani – Falsafa fanining tadqiqotlarida kommunikatsiya jarayonlariga katta
e’tibor qaratiladi. kommunikatsiya muammolari XX asr falsafasining asosiy mavzula-
ridan biriga aylangan. Zamonaviy tadqiqotchilarning kommunikatsiya borasidagi izla-
nishlarida yo‘nalish vazifasini o‘taydigan nazariy faktor bo‘lib til borlig‘ini o‘rganishdagi
falsafiy va ilmiy refleksiyadagi burilishga xizmat qildi. Dunyoni ekzimtensial o‘rganish-
ga moyil bo‘lgan falsafa nuqtayi nazardan olib qaraydigan bo‘lsak,
kommunikatsiya
– bir birini tushunish asosida ifodalanadigan muloqotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: