Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Annotatsiya
29 Hozirgi zamon pedagogika fanida tizimli yondashuv metodologiyasisiz boshqaruv muammolarining hal etilishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agarda biz ta’lim muassasasi bilan ta’lim jarayonini o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularni boshqa- rish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bunday yondashuvning joriy etilishi boshqaruvda tasodifiy va kutilmagan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. 1 Ta’limni boshqarish tizimini faoliyatli yondashuv nuqtayi nazaridan ham qarash zarurligi Sh.qurbonov, E.Seytxalilov, A.N.Leontev tomonidan ta’kidlangan. Mazkur yondashuvga ko‘ra boshqaruv faoliyati boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro alo- qalariga asoslangan, ta’lim muassasasi va umuman, ta’lim maqsadlariga qaratilgan jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Faoliyat – harakatlardan iborat. Harakat deb ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan jarayonga aytiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatini taklif qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: re- jalashtirish; tashkil etish; amalga oshirish; nazorat qilish 2 . kutilayotgan natijalar samaradorligiga ta’sir etuvchi ko‘plab omillar mavjud bo‘lib, tadqiqotlar doirasida ishlab chiqilgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning tashkiliy-metodik tizimini boshqarish modeli” (1-rasm)ning komponentlari sifatida har birini alohida-alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish jarayonlarida tizimli tarmoq, institutsional, hududiy va maktablar darajasida rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va baholash, monitoringini olib borishni tashkiliy-metodik boshqarish lozim: 1. Boshqaruvga tizimli yondashuv – umumiy o‘rta ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning tashkiliy-metodik tizimini boshqarish modelining vertikal proeksiyasi bo‘lib, quyidagi komponentlar faoliyatini tizimli tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan: Tarmoq darajasi – vazirlik: xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, o‘zining funksiya va vazifalarini qonun va qonun osti hujjatlari asosida olib boradi 3 . Hududiy darajasi – Xalq ta’limi boshqaruv organlarining faoliyati tarmoq daraja- sining funksiya va vazifalaridan kelib chiqqan holda hududiy shart-sharoitlar, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot strategiyalari rejalashtirilib, amalga oshiriladi, muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi. Tuman (shahar) darajasi (mahalliy darajasi) – Xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlarining faoliyati o‘zidan yuqori turuvchi tarmoq organi funksiya va vazifalaridan kelib chiqqan holda mahalliy shart-sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyalari asosida rejalashtirilib, amalga oshiriladi, muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi. Ta’lim muassasasi – umumiy o‘rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshi- rish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart- sharoitlarni yaratib beradi 4 . 1 M.Yuldashev. Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishda ta’lim sifati me nejmentini takomillashtirish. // Dissertatsiya. 2016. 20-b. 2 qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. – T.: Turon-Iqbol, 2006. 592-b; Леонтьев С.в. Модели и методы управления региональным развитием. – М.: физматлит, 2002. – C. 324. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi "O‘zbekiston Res publikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Pq-3304 son qarori. // qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y. 4 Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizom. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga 1-ilova. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 11- son, 167-modda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling