“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
qadr-qimmatga egami yoki yo‘qligini so‘raydi. Agar guruh a’zolari qadriyatlarni ahamiya-
tiga ko‘ra o‘rinlarini almashtirgan bo‘lsa, buni ham bayon qilishlari kerak. Mashg‘ulot
so‘nggida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni bayon etadi.
Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar kuchli ruhiy kechinmalarni, zo‘riqishlarni his
qilishlari mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tishiga, ishti-
rokchilarning bir-biriga xalaqit bermasligiga va begona odamlarni xonaga kirmasligiga
e’tibor berish lozim. Shu bilan birga boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e’tiborli
bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |