be:didi:((j)dim, be:didi:(j)
diη, be:didi:(j)di; be:didi:(j)dүк, be:didi:(j)diηiz be:didi:(j)di tuslanishiga ega
bо‘ladi. Bu holat о‘zbek shevalarining birortasida ham qayd qilinmaydi.
Shu munosabat bilan muhim bir masalaga tо‘xtalishni lozim topamiz. Aksariyat
hollarda dialektologlar bir respondentdan olgan faktlari bilan xulosa chiqaradilar.
Aslida bir respondent materiallari boshqa respondentlarda takrorlangan holatdagina,
uni sheva materiali sifatida tan olish haqiqatni aks ettiradi, balki bir respondent u
yoki bu sheva faktini buzib talaffuz qilishi mumkinligini ham e’tibordan qochirish
mumkin emas. Talabalar esa bu haqda tо‘g‘ri ma’lumotni olishi kerak. Biz ham
darslikda ana shu faktning tо‘g‘ri variantini kiritishni ma’qul kо‘rdik. Shuningdek, v. v.
Reshetov va Sh. Sh. Shoabdurahmonovlar tuslanish sistemasida shevalardagi shakl
oxirida undoshlar jarangsizlanishini e’tiborga olmagan, ya’ni қойуппыз, қойупсыз,
кетипппиз, кетипсиз kabi shakllarda
Do'stlaringiz bilan baham: |