e unlisi qо‘llangan bо‘g‘indan keyingi bо‘g‘inda ы (ï) unlisining
kelishi mumkin emas, lekin bu shaklning qisqargan variantida
e unlisi qatnashmaydi,
bu esa orqa qator unlilar singarmonizmining yuzaga kelishiga (oйнардым) sabab
bо‘ladi. Shu tufayli ham talabalarga bunday о‘rinlarda tanqidiy qarash tо‘g‘risida
kо‘rsatmalar berilishi joiz. Bu bilan talabalarni tanqidiy fikrlashga ham о‘rgatib borish
mumkin bо‘ladi, qolaversa, sheva tо‘g‘risida notо‘g‘ri tasavvur uyg‘atib qо‘yishning
oldi olinadi. Yangi darslikda yuqoridagi mualliflar tomonidan qorabuloq shevasidan
keltirilgan hozirgi zamon davom fe’lining aйт/əйтt ~ ajt/äjt affiksli shakli betakror
xususiyatga ega bo‘lganligi uchun aynan olindi, chunki bu shakl hamon о‘sha
shevaning eng muhim fakti sifatida saqlanib qolmoqda: boryapman ~ бaрaйтмa
~ barajtma, boryapsan ~ бaрaйтса ~ barajtsa, boryapti ~ барайтть ~ barajttї,
aytyapman ~ e:дəйтмə ~ e:däjtmä, aytyapsan ~ e:дəйтсə ~ e:däjtsä, aytyapti ~
e:дəйттъ ~
e:däjtti
7
.
Yangi darslikda keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlarda qayd qilingan , hali
о‘quv adabiyotlarida e’tiborga olinmagan qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalari uchun
xarakterli bо‘lgan fe’l shakli ham kiritildi. Bu мəлъ / malь ~ mäli / malї affiksli fe’l
shaklidir. Uni Y. Ibrohimov zaruriyatlik fe’li deb yuritadi
8
: borish kerak ~ бармаль ~
Do'stlaringiz bilan baham: |