Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

To‘rtinchi daraja
Deduksiyaning  umumiy  “yaxlit”  ahamiyati,  ak-
siomalar, tariflar, teoremalar, isbotlarning man-
tiqiy tuzilishi, tushuncha va tariflarning mantiqiy 
aloqadorligining mohiyati o‘rganiladi 
Butun algebraning aniq bir talqindagi deduk-
tiv qurilishi imkoni aniqlanadi
Beshinchi daraja
Obyektlarning aniq tabiatidan va ular o‘rtasida-
gi  munosabatlarning  aniq  mazmunidan  chet-
lashish. Geometrik nazariya abstrakt deduk tiv 
tizim sifatida quriladi.
Hisoblash  obyektlarining  aniq  tabia tidan, 
operatsiyalarning  aniq maz munidan chetla-
shish  va  algebra  har  qanday  talqindan  is-
tisno sifatida abstrakt deduktiv tizim sifatida 
quriladi.
“Matematik tafakkur” toifalarini tushunish, o‘quv-matematik va umumiy o‘quv qobili-
yatlari orasidagi o‘zaro aloqalarni ochishga quyidagi savolning aniqlanishi yordam bera-
di: yana qanday maxsus tafakkur turlari mavjud va ularning o‘zaro aloqadorligi qanday?
O‘quvchilarning  fanga  oid  qobiliyatlaridan  fizikani  o‘qitish  jarayonida  shak l-
lantiriladigan ijodiy qobiliyatlar v.G. Razumovskiy tomonidan yetarlicha chuqur tadqiq 
etilgan. U “fizikaviy tafakkur” tushunchasining mohiyatini ochib bergan. 
Geograflar o‘z leksikonlariga “geografik tafakkur” atamasini kiritganlar. Agar bun-
day tafakkur mavjud bo‘lsa, unda uning darajalari individual farqli, shuning uchun ham 
geografik qobiliyatlar ham mavjud bo‘lishi kerak. Ammo ular mavjudmi? Har bir o‘quv 
fani va faoliyat turi bo‘yicha alohida qobiliyatlar mavjudmi? Maxsus tafakkur turi to‘g‘ri-
sida gapirish mumkinmi?
Aqliy faoliyat va o‘quv fanlari sohalarini esa shunday guruhlash mumkinki, unda 
har bir guruhga tafakkurning ma’lum sifatlariga xos bo‘ladi. Bunday guruhlar orasida 
matematiklar, psixologlar va pedagoglarning doimiy e’tiborlarini jalb etadigan va ma-
tematik qobiliyatlar, matematik tafakkur uslubi, matematik madaniyat va uni shakllan-
tirish to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beruvchi matematik fanlar guruhi yorqin va o‘ziga 
xos hisoblanadi. Ta’kidlanganlarga ko‘ra, matematikani o‘qitish jarayonida fikrlashning 
aqliy madaniyatini shakllantirish vazifasi muhim hisoblanadi. A.M. Fridman fikrlash ma-
daniyatining belgilarini ajratib ko‘rsatadi, bular – mulohazalilik, mantiqiylik va intizom.
v.N. Osinskayaning tadqiqoti o‘quvchilarning aqliy madaniyatlarini, matematikani 
o‘qitish jarayonida aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga bag‘ishlangan. U aqliy faoli-
yatning umumlashtirilgan usullariga alohida ahamiyat berib, ularni ikki guruhga ajratadi 
– algoritmik turdagi va evristik turdagi aqliy faoliyat. Birinchi guruhga u rasmiy mantiq 
qonuniyatlariga to‘liq mos keluvchi mulohazali, to‘g‘ri tafakkurni kiritadi. Masalan, turli 
masalalarni yechish algoritmlari, turi bo‘yicha farqlari orqali tariflarni loyihalash qoida-


20

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling