Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
ligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Muammoni hal qilishning asosiy qiyinchiliklari orasida tadqiqot obyektini tushunishning noaniqligi hisoblanadi. Bu o‘quv-matematik va il- miy-matematik qobiliyatlarni aralashtirib yuborilishiga olib keladi. qobiliyatlar faoliyatda va uning natijalarida aks etadi, shuning uchun ham ta’lim va ilmiy ijodning turli xususiyatlari tabiiy ravishda matematik qobiliyatlarning ikki mustaqil guruhlarining turli xususiyatlarini belgilaydi. Shu sababli L.M. Fridman tomonidan taklif etilgan matematik tafakkur darajasi nafaqat maktab matematika faniga, balki oliy ta’lim muassasasi matematikasiga ham taalluqli emasligi biz uchun ayon – u ko‘proq metamatematikaga mos keladi. Bunday darajaga erishish butun matematikaning yuksak tartibini rasmiylashtirish, o‘quvchilar- ning rasmiy mantiqni egallashlarini nazarda tutadi. Bunday yo‘nalishda o‘quvchi uchun haqiqiy munosabatlar va obrazlarning ifodaliligi yo‘qoladi, deduksiya va induksiya qo- rishmasining jozibasi yo‘qoladi. Mazkur muammoga A.A.Stolyarning qarashlari qiziqish uyg‘otadi. U matematik ta- fakkurning rivojlanishini tegishli darajalarining shakllanishi dinamikasida qaraydi. Shu sababli ham matematik qobiliyatlarni o‘quv jarayoni bilan, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi bilan yopiq (noaniq) tarzda bog‘laydi. A.A. Stolyar geometriya va algebrada matematik tafakkurning 5 ta darajasini ko‘rib chiqadi. Taklif qilingan sxemaning pedagogik maqsadga muvofiqligini ijobiy baholashda A.A. Stolyar tomonidan taklif etilgan sxema tafakkur darajalariga mos kelishiga qo‘shil- maymiz, bu ko‘proq kutilgan ta’lim xususiyati, abstraktsiya darajalari, deduksiya dara- jalaridir. Bundan tashqari 1 va 2-darajalar (A.A. Stolyar bo‘yicha, boshlang‘ich maktab darajalari) yaqqol pasaytirilgan. O‘quv faoliyati nazariyasi doirasida amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlar va tajriba-sinovlar o‘quvchilar boshlang‘ich maktabda nazariy tafakkurning yuqori darajasiga erishishlari mumkinligini ko‘rsatadi. Faqatgina abstraktsiya darajasining o‘zi emas, balki analiz, sintez, tasniflash, umumlashtirish, qiyoslash, analogiya operatsiyalariga asoslangan nazariy tafakkur darajasi muhimdir. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling