Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
lari va boshqalar. Mazkur usullar muhim, chunki ular bilimlarning shunday jihati bo‘lib xizmat qiladiki, ular asosida o‘quvchi o‘zi uchun yangi bo‘lgan masalalarni yecha oladi va fikrlash faoliyatining yanada murakkab usullarini egallay oladi. Ammo masalalarni yechishda algoritmlar asosidagi uzoq mashqlar tayyor andoza bo‘yicha ishlash ko‘nikmasini shakllantirishi, ma’lum bo‘lgan usullar doirasi bilan izla- nuvchanlikni cheklab qo‘yadi, “avvalgi tajriba to‘sig‘i”ni, uning yangi vaziyatlarga ara- lashuvini yaratadi. Shuning uchun ham bunday usullarni shakllantirish evristik turdagi usullarni maxsus o‘rgatish bilan birga olib borilishi lozim. v.N. Osinskaya asosiy evris- tik usullarga qiyoslash, asosiyni ajratish, umumlashtirishni kiritadi va mazkur usullarni shakllantirishning batafsil metodikasini taklif qilgan. O‘quvchilarning rivojlanishlari ta’lim olish jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Matematika- ni o‘qitish nimani nazarda tutadi? A.A. Sto lyarning fikricha, matematika pedagogikasi- ning vazifasi matematiklarning matematik tafakkuriga (yoki tafakkurga) xos bo‘lgan aq- liy faoliyatning tuzilmalarini shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. U matematikani o‘qitish – matematik faoliyatga o‘rgatishning o‘zi ekanligidan kelib chiqadi. Ilmiy adabiyotlarda matematik faoliyatning faqatgina nomi va mazkur faoliyatning tahlil bilan ajratilgan bosqichlari (jihatlari) bilan farqlanuvchi turli sxemalari uchraydi. A.A. Stolyar o‘z ishida Freshe va Fellerning qarashlarini keltiradi. Freshe har bir mate- matik sohada to‘rtta jihatni ajratadi: 1) u induktiv sintez deb ataydigan dalillarni jamlash; 2) jamlangan materialda dastlabki tushunchalar va aksiomalar tizimini ajratish; 3) mazkur dastlabki tushunchalar va aksiomalarga asoslangan nazariyani deduk- tiv tuzish; 4) mazkur nazariyaning teoremalarini muayyan modellarda tekshirish. Feller matematikaning uch jihatini farqlaydi: 1) intuitiv asosi; 2) rasmiy mantiqiy mazmun; 3) Freshe sxemasining to‘rt jihatlariga kiritiladigan ilovalar. A.A. Stolyar matematik faoliyatning uch bosqichlari (jihatlari)ni ajratadi: 1) kuzatish, induksiya, analogiya, umumlashtirish yordamida dalillarni to‘plash; 2) to‘plangan materialdan dastlabki tushunchalar va aksiomalar tizimini ajratish hamda mazkur dastlabki tushunchalar va aksiomalarga asoslangan nazariyani deduk- tiv tuzish; 3) nazariyaning ilovalari. Matematik faoliyatning keltirilgan sxemalari bir-biridan deyarli farqlanmaydi va yetarlicha tabiiy xususiyatga ega. Matematik faoliyatni rivojlantirishning eng samarali vositasi masalalar orqali o‘qish hisoblanadi. Unda o‘quvchilar nafaqat masalalarni ye- chishadi, balki ma’lum masalalarning mumkinligi va maqsadga muvofiqligini, muam- moli vaziyatning yuzaga kelishini muhokama qiladilar, g‘oyalar, farazlarni ilgari sura- dilar, topshiriq va nazariy material o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatadilar, mustaqil ravishda masalalar tuzadilar va ularni yechish yo‘llarini topadilar. Rivojlantiruvchi ta’lim bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlar, nufuzli mate- matiklar tomonidan o‘quvchilarni rivojlantirish zaruriyatining tan olinishi, matematika metodikasining evolyutsiyasi (matematikaga yo‘l – matematikani o‘qitish nazariyasi – matematik rivojlantirish (tarbiyalash) matematikadan rivojlantiruvchi ta’lim tizimlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratdi. 21 Mazkur yo‘nalish boshlang‘ich maktabda yanada samarali ishlab chiqilmoqda. O‘rta maktabda matematikadan rivojlantiruvchi ta’lim funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qator holatlar Z.A. Slepkanning ma’ruzalarida sanab o‘tilgan. U taklif etgan tizimda metodik asosi sifatida maktab matematika fani o‘zining xu- susiyatiga ko‘ra maqsadli ravishda o‘quvchilarning aqliy rivojlanishlari, mantiqiy, dia- lektik, algoritmik tafakkur, fazoviy tasavvurlar, xayol, xotira, shaxsning qator muhim sifatlari va ijobiy xarakter xususiyatlari rivojlanishini ta’minlashi kerakligi to‘g‘risidagi matematika o‘qitish metodikasida umumqabul qilingan holatlar olingan. O‘quvchilar asosiy matematik tushunchalarni o‘zlashtirish, isbotlash, masalalarni yechishga o‘rganish bilan bir qatorda, bilish vositalari – aqliy va amaliy xatti-harakatlar, bilimlarni umumiy va maxsus, oqilona o‘zlashtirishni, aqliy faoliyat va o‘quv faoliyati usullarini egallashlari lozim. Xulosa qilib aytganda, matematikani o‘qitishning rivojlantiruvchi funksiyasini ku- chaytirishning zarurati va maqsadga muvofiqligi tabiiy xususiyat kasb etadi. Matematika pedagogikasida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini qurishning ma’lum asoslari mav- jud; ular avvalo, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishlari nazariyasi va amaliyotiga taalluqlidir. Rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyasining samaradorligi ayon bo‘lsa-da, rivojlantiruvchi ta’lim muammosini nazariy va amaliy hal qilish tafakkur va umumta’lim hamda ma- tematik qobiliyatlar psixologiyasining ko‘pgina masalalarining hal etilmaganligi bilan cheklanib qolmoqda. Rivojlantiruvchi ta’lim pedagogikada hamon mos ravishda baho- lanmagan, uning tamoyiliga aylanmagan. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun intellektual rivojlantiruvchi ta’lim texno- logiyalarini ishlab chiqish zarur. Chunki matematikani o‘qitish jarayonidagi rivojlanish – avvalo, o‘quvchilarning intensiv aqliy rivojlanishlari, ularning mustaqil mahsuldor ta- fakkurlarining rivojlanishi – intellektning belgilovchi tavsifi hisoblanadi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida ahamiyatli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim- ning maqsadi va mazmuniga qarashlar o‘zgarmoqda. Shuning uchun ham, rivojlanti- ruvchi ta’limning nazariyasi va metodikasida to‘plangan tajribani tushunib yetmagan holda yangi sharoitlarga ko‘chirib bo‘lmaydi – u takomillashtirish, evolyutsion o‘zga- rishlarni talab etadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling