Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
rishi bilan bog‘liq; 3) integrativ jarayon mantiqiy mazmun asosiga ega; 4) integrativ jarayon o‘zining tuzilmasiga ega; 5) pedagogik yo‘naltirilganlik va uning nisbatan mustaqilligi. Ta’lim mazmunidagi uyg‘unlikni ta’minlash uchun mazmunga integrativ yonda- shuv talab etiladi. Ta’lim mazmuniga integrativ yondashuv bu – davlat ta’lim standart- lari, malaka talablari, o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirish hisoblanadi. Ta’lim mazmunini integratsiyalash asosida: – bilishga qiziqish va faollikni oshirish; – muqobil, dialektik va ijtimoiy-madaniy tafakkurni rivojlantirish; – shaxsiy va kasbiy motivatsiyani kuchaytirish; – tizimli va metabilimlarni uyg‘unlikda tarkib toptirishga erishiladi. Integrativ yondashuv asosida kasbiy ta’lim mazmunini tanlab olishda me’yoriy asos malaka talablari va o‘quv dasturlari hisoblanadi. Malaka talablari va o‘quv das- turlarini takomillashtirish, ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizligini ta’min- lashga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Ta’lim mazmuni tahlil qilinib, aniq masala yuzasidan o‘quv materiallarining xarakteri, mantiqiy bayoni, savol va topshiriqlar tizimi, chizma, jadvallar, rasmlar hamda boshqa qo‘shimcha manbalar o‘rganilib, bog‘lanishi mumkin bo‘lgan aloqalar aniqlanadi. Shuningdek, ta’lim mazmunini integratsiyalashning quyidagi omillari e’tiborga olin- di: – ta’lim jarayonida erishilgan natijalarni chuqur tahlil etib, malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmuniga innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish; – har bir mavzuning didaktik maqsad va vazifalarini aniq belgilab, unga mos ta’lim shakli, metodi va vositalarni tanlab olish uchun o‘quv materialini struktural tahlil etish; – darsning didaktik maqsadini, ya’ni yangi o‘rganiladigan material hajmini, avval o‘rganilganlari bilan aloqadorligini aniqlash; – yangidan o‘zlashtirish yoki o‘zlashtirilgan bilimlarning qanday yangi jihatlari, mu- rakkablik darajasini aniqlashtirish, unga mos ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va o‘tka- zish sifatini takomillashtirish. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, integratsiya jarayonlari ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: – vertikal integratsiya – bu turli bosqichda o‘rganiladigan kurslar mazmuni uzviy- ligiga amal qilgan holda; – gorizontal integratsiya – fanlararo aloqani amalga oshirish, tor mutaxassislik doirasidagi alohida fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yaxlit kasbiy bilim va ko‘nik- malar tizimiga aylantiruvchi integratsiyalashdan iborat 4 . Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash da- rajalari (didaktik sintez va integratsiyaning fanlararo bog‘liqligini ta’minlash darajasi), metodlari (reproduktiv, ijodiy, amaliy-kompetentli metodlar), amalga oshirish shakllari- dan (dasturlar, maxsus kurslar, topshiriqlar) unumli foydalanish darkor. Fanlar o‘rtasidagi integrativ bog‘liqlik quyidagi 3 darajada amalga oshirilishi ta’kid- lab o‘tilgan: I daraja. Yuqori – butun daraja, fanlar o‘rtasidagi integratsiya. 4 Габова М. а. Проблема интеграции в рамках подготовки специалистов в системе “педагогический колледж-педагогический институт”. // наука и школа, 2003. №1. – С. 58-60. 25 II daraja. Didaktik sintez, har bir fan saqlanib, integratsiya ularning birida qo‘llani- ladi. Umumiy obyekt integratsiya shakli sifatida o‘rganiladi. III daraja. Fanlararo aloqadorlik, integratsiya shakli bo‘lib, fanlar mazmunidagi umumiy unsurlar hisoblanadi 5 . kasbiy ta’lim jarayonida fanlararo aloqadorlikning bog‘lanishli tarkibi va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’minlanishida integratsiya jarayonlari amalga oshiriladi. Maz- kur jarayonlarda integrativ kurslar va darslarning namoyon bo‘lishi, o‘quv materialini ixchamlashtirilishi va mujassamlashtirish imkonini berib, tegishli mavzularini turli me- todik shakl va usullar vositasida, kurslararo bog‘lash orqali o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Olimlarning fikricha, bog‘lanish tarkibi deganda o‘qitish jarayonida ma’lum qoida- lar yoki belgilar bo‘yicha bir-biri bilan qiyoslanadigan o‘quv mavzulari va aniq masala- larning majmui tushuniladi. Bog‘lanish yo‘nalishi esa biror-bir ma’lumotning bir o‘quv fanidan boshqasiga o‘tishi tushuniladi, bir tomonlama hamda ikki yoki ko‘p tomonlama bog‘lanishlarni farq- lash mumkin 6 . Integrativ dars – bu integratsiyalangan-mavzuli yondashuv bo‘lib, ta’lim jarayoni birligi sifatida dars emas, balki o‘quv fanlaridagi mavzular olinadi. Bunda har bir mav- zuning yetakchi qoidalari, bir tomondan, kursning yetakchi g‘oyalariga bo‘ysundiriladi, boshqa tomondan esa mavzuni o‘rganish davomida shu kursning yetakchi g‘oyalari ochib beriladi. O‘quv fanining yetakchi g‘oyalari – o‘rganilayotgan material mohiyatini ifodalaydigan, unga ichki yaxlitlik va uyg‘unlik baxsh etadigan qoidalar (tushuncha, qonun, tamoyil, qonuniyat, nazariyalar) hisoblanadi. Shunday qilib, integrativ kurslar va darslarni tashkil etishni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: – tanishtirish; – fanlararo bog‘lash mumkin bo‘lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish; – mazkur aloqalarni dars va darsdan tashqari ishlarda ro‘yobga chiqarish. Fikrimizcha, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida integrativ kurslar tuzish va o‘qitish tamoyillari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun kasbiy ta’limga mo‘l- jallangan, integratsiyalashtirilgan o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratish lozim bo‘ladi. O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida ta’lim mazmunini tahlil etish natijalari shu- ni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ta’lim mazmunini integratsiyalash hamda amaliyotga tatbiq etishga alohida zaruriyat mavjud. Mazkur yondashuv quyidagi imkoniyatlarga erishishga yordam beradi: – o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash, malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirish, tayanch (1-9 sinflar) va o‘rta ta’lim (10-11 sinflar) bosqichlari o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash; – mazmunan tutash aloqadorlikka ega, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-bi- riga singib, chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy, mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish; 5 Nishonaliyev U.N., Tolipov O‘.q., Sharipov Sh.S. kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDPU, 2007. 6 Haydarov Yo. O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida umumiy va kasb ta’limi birligining didaktik asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1990. 120-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling