Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
– didaktik sintez, integratsiyaning fanlararo aloqadorlikni ta’minlash darajalariga amal qilish; – ta’lim mazmunini integratsiyalash komponentlarini belgilashda ta’lim mazmuni- ning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini birlashtirish; – ta’lim jarayonida, integrativ jarayonlar (kurs, dars)ning qo‘llanishi, o‘rganilayot- gan obyektlarning turli muhim jihat va xususiyatlarini mumkin qadar kengroq anglab yetilishiga imkon beruvchi integrativ bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va h.k. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limining o‘ziga xos jihati avvalo shundan iboratki, bunda o‘quv jarayoni o‘quvchilarning unumli mehnati davomida amalga oshiriladi. Bu esa o‘quv jarayonining o‘ziga xosligini, ya’ni uning mazmuni, o‘quvchilarning o‘quv faoli- yati, ta’lim vositalari, uning barcha asosiy tarkibiy qismlarini keltirib chiqaradi. O‘quv jarayoni o‘quv laboratoriyalari va ustaxonalarida tashkil etilib, ularda o‘quvchilar ilk bor kasbiy mahorat sirlarini egallaydilar. korxonalarda tashkil etilgan ishlab chiqarish mashg‘ulotlari o‘quvchilarda o‘zla- ri tanlagan mutaxassislik bo‘yicha kasbiy bilim va ish harakat usullarini zamonaviy asbob-uskunalar, moslamalar va ish qurollaridan foydalanilgan holda tarkib topishiga sharoit yaratadi. Bunday mashg‘ulotlar haqiqiy amaliyotga mumkin qadar yaqin sharoitda tashkil etilganligi sababli o‘quvchilarni tanlagan kasbiy mehnatini ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan yaqindan tanishtiradi, mustaqillik darajasi va ijodiy faolligini oshiradi. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari tuzilmasida ko‘rsatma (instruktaj) be- rish muhim bo‘lib,ularga boshlang‘ich, joriy va yakuniy ko‘rsatmalar kiradi. Boshlang‘ich ko‘rsatma berish quyidagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan: – talabalar oldida turgan ishlar mazmuni bilan va uni bajarish mumkin bo‘lgan vositalar bilan tanishtirish; – butun ishni, uning alohida qismlarini bajarish qoidalari va ketma-ketligini tu- shuntirish; – mehnatning yakuniy natijasiga bo‘lgan talablar, texnik hujjatlar bilan tanishtirish; – mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, xatolar haqida talabalarni ogohlantirish; – zarur hollarda operatsiyalarning bajarilishi ustidan o‘z-o‘zini nazorat qilish usu- lini namoyish etish. Joriy ko‘rsatma berish talabalar tomonidan amaliy ishlar bajarilayotganda o‘tkazi- ladi. U odatda, yakka tartibda va guruh bo‘yicha o‘tkaziladi. ko‘rsatma berishda usta o‘quv guruhi diqqatini o‘rganilayotgan operatsiyani bajarishning eng samarali usullari- ga qaratadi, topshiriqni bajarishga sust tayyorlangan talabalarga yordam beradi va h.k. Usta faoliyatining yutug‘i ko‘pincha butun guruh va har bir talaba ishi ustidan maqsad- ga yo‘naltirilgan kuzatuvni tashkil etish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Yakuniy ko‘rsatma berish bir necha didaktik va tarbiyaviy maqsadlarga ega: gu- ruhga jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat natijalarini obyektiv baholash, ilg‘or tala- balarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, u yoki bu mehnat operatsiyalarini bajarishda umumiy va yakka tartibdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash va h.k. Yakuniy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berish talabalarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi, ularda o‘z mehnati natijasi uchun javobgarlik, jamoaga birikish, bajarilgan ishdan qo- niqish hosil qilish, mehnatga bo‘lgan estetik munosabat hissiyotini uyg‘otadi va shakl- lantirishga ko‘maklashadi. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limida o‘quvchilarning mustaqil ishlari yoki mashg‘ulot- lari pedagogik jihatdan ilmiy asoslangan, didaktik qonun-qoidalarga binoan tuzilgan 27 tizim bo‘lib, texnologik jihatdan ma’lum ketma-ketlikda ko‘zlangan bilim va ish-harakat usullarini egallaydilar. Yuqoridagi aytib o‘tilgan mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash malaka talablari bo‘yicha muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirishni talab etadi. Mazmunan aloqador o‘quv predmetlarini integrativ kurslar va darslar asosida o‘rganish, integrativ bilimlarga ega shaxsni shakllantirish va kasbiy ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning innovatsion g‘oya va texnologiyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishini tarkib toptirish, fanlararo aloqani mustahkamlash, vaqtdan unumli foydalanish, olingan kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarni hayot- da, amaliyotda keng tatbiq etishga ko‘maklashadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling