Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Axmet ALLAMBЕRGЕNOV,
Berdaq nomidagi qoraqalpoq Davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi O‘qUv-ISHLAB CHIqARISH MAJMUALARIDA kASBIY TA’LIM MAZMUNINING FANLARARO BOG‘LIqLIGI U mumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari ta’lim olish- lari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni za- rur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim be- rishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 868-son qarori qabul qilindi 1 . 1 O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 868-son qarori. www.lex.uz 23 2017–2018-o‘quv yilidan boshlab 10-sinf o‘quvchilari o‘quv-ishlab chiqarish maj- mualarida 50 dan ortiq kasb-hunar sirlarini o‘rganib kelishmoqda. O‘quv-ishlab chiqa- rish majmualari – o‘quvchilarga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab et- maydigan kasb-hunar o‘rgatish, tanlangan kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilot- chilik hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash hamda o‘quv- chilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashga ko‘makla- shadigan kasbiy ta’lim berish shakli hisoblanadi. Xususan, ularda o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, “us- ta-shogird” an’analaridan foydalanish, kasb o‘rganishda milliy va xorijiy taj ribalarni o‘rgangan holda eng maqbullarini qo‘llash, kasbiy ta’limning metodik ta’minotini ta- komillashtirish, kasb-hunar o‘rganishda innovatsiyalardan va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarning kelajakda mehnat faoliyati bilan faol shug‘ul- lanishlari uchun kasb egasi bo‘lishlarini ta’minlash, eng muhimi, jamiyatga raqobatbar- dosh kadrlar tayyorlab berish kabi masalalarni ro‘yobga chiqarish, qisqa qilib aytgan- da, o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek, ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishi ta’minlanadi. Shuningdek, kasbiy ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish, umumta’lim fanla- rini o‘zaro aloqadorlikda uzviylik asosida o‘qitish o‘quvchilarda kasbiy bilim va ko‘nik- malarni tizimli shakllantirish va rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Ta’lim mazmuni o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning aniq belgilangan hajmini o‘zida aks ettiradi. Belgilangan maq- sadga muvofiq yo‘nalish va hajmga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: malaka talablari, o‘quv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Ta’lim mazmunida aks etgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi. O‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy-madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart-sharoit, makon, zamon, shuningdek, ta’lim muassasasining turi va darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Integratsiya (lotincha integeratio – tiklash, to‘ldirish ma’nosini anglatib, integer - bir butun, alohida qismlarni bir butun holatga keltirish so‘zidan olingan) tushunchasi alohida tabaqalashtirilgan tizim, organizmning qismlari va funksiyalari holatini hamda shunday holatga olib keluvchi jarayon tushunchasini anglatadi. Integratsiya – qanday bo‘lmasin elementlarni yagona bir butunga birlashtirish va qandaydir yaxlitlikni tiklashdir 2 . Integratsiya – bu, ayrim bo‘lak, qismlarning birlashishi, bir butun bo‘lishidir. Ilmiy tadqiqotda integratsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan turli elementlarni bir-butun yaxlit hol- da qarash deb tushuniladi. Integratsiya –obyektiv sabablarga ko‘ra turli elementlarni birlashtirish va ularni bir-butun holda qarash natijasida sodir etilayotgan tizim sifatida e’tirof etiladi 3 . Manbalarni tahlil etish asosida integratsiya tushunchasiga xos quyidagi belgilar- ni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) integratsiya o‘zaro aloqada bo‘lgan turli elementlar asosida quriladi; 2) integratsiya o‘zaro aloqadagi elementlarning sifat va son o‘zga- 2 Беляева а.П. Интегративно-модульная педагогическая система профессионального образования. – СПб.: Радом, 1997. – С.43. 3 авазбаев а.И. Совершенствование подготовки учителей трудового и профес сионального обучения на основе интеграции содержания учебных предметов: автореф. дисс… канд.пед. наук. – т.: 2001. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling