Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
So‘fi – masjidda azon aytuvchi kishi. Xo‘roz – Xo‘roz bo‘lsa daraxtga chiqib olib, hadeb “qu-qu-qu” deb qichqiraveribdi. 3. Tasavvur qiling... (Nimaga o‘xshaydi? qanday tasvirlash mumkin?). Xalqi- mizda birovning salbiy qilig‘i, muomalasi hamisha ham yuziga aytilmaydi, aniqrog‘i, birovning aybini ko‘rsatib tanbeh berishdan ko‘ra, uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish millatimizga xos xususiyatdir. Bema’ni xulqli odamni yaxshi yo‘lga bosh- lash, tarbiyaga muhtoj insonni ezgu ishlarga undashda “Susambil” ertagi, ulardagi ma joziy qahramonlar (bo‘ri, tulki, eshak, xo‘roz kabi) qo‘l keladi. Ertakda xalqimiz- ning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. “Su- sambil” ertagida adolat qaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli sifatida tasvirlanadi. 4. Tahlil qiling... (qanday qilingan? Nimadan iborat?). Eshak yo‘lda yo‘ldosh bo‘la- yotgan har bir jonivorning “Susambil qanday joy?” degan savoliga “Susambil – o‘tning bo‘lig‘i, suvning tinig‘i, unda azob-uqubat yo‘q, mazza qilib yurasan”, deb javob beradi. Ikkinchidan, jonivorlarning ko‘zlagan maqsadlariga erishishlarida ularning sabr-toqatli bo‘lganliklari, mashaqqatlarga chidashgani muhim ahamiyatga ega bo‘la- di. Mashaqqatlarga bardosh bergan jonivorlar jannatmakon go‘sha – Susambilga yetib keladilar, shu joyda rohat-farog‘atda umr kechiradilar. Uchinchidan, jonivorlarning o‘zaro ahilliklari, birdamligi ularning tashqi dushman – bo‘rilar galasi hujumidan qutqaradi. Bo‘rilar podshohi Susambilni tashlab, yetti tog‘ning narigi tomoniga qochib ketadi. 5. qo‘llang... (Nima qilish mumkin? qanday qo‘llash mumkin?). Demak, ahillik, sabr-toqat, mashaqqatlarga chidash, birdamlik har bir insonni rohat-farog‘atda umr kechirishiga ko‘mak beradi. 6. “Tarafdor” va “qarshi” tomonlarini aniqlang… (qarama -qarshi qo‘ying). Ijobiy xislatli kishilarni ho‘kiz, eshak, xo‘roz, ari, kalamushga, salbiy xislatli kishilarni bo‘ri, tulkiga qiyoslashadi. Ushbu obrazlarni “venn diagrammasi” usulida tahlil qiling. “ Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling