“Proyektiv rasm” o‘yini
Hammadan ikkita rasm ishlash so‘raladi: “men qandayman” va “men qanday
bo‘lishni istayman”. Rasm ishlashga besh daqiqa ajratiladi. Rasmlar imzolanmaydi.
Rasmning texnik jihatlari muhim emas. Hamma rasmlar xona o‘rtasida yoyiladi va bittasi
tanlab olinadi. Barchaga ko‘rinadigan qilib qo‘yiladi. keyin hamma navbat bilan nimani
ko‘rayotganini aytadi. U yerda nima chizilgani va nimani his qilganini, rasm ishlagan
kishi, uningcha, o‘zini qanday ko‘rayotgani va qanday ko‘rishni istayotgani(nimani
o‘zgartirmoqchi ekani) haqida gapiradi. Hamma navbat bilan gapiradi. Bunda muallif
o‘zini tanishtirmaydi. Barcha xohlovchilar gapirib bo‘lgach, rasm muallifini topishga urinib
ko‘rish mumkin. keyin muallif o‘zini tanitib, rasmida nimani ifoda etmoqchi bo‘lganini
tushuntiradi, o‘ziga yoqqan replikalarga javob qaytaradi. Muhokama chog‘ida kimning
talqini mualliflarga ko‘proq yoqqani aytib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |