“Yordamchilar” o‘yini
O‘yinning maqsadi: o‘quvchilarda o‘zaro yordamga tayyor turish, do‘stlik va mardlik
fazilatlarini tarbiyalash.
vaziyat:
keling, so‘nggi marotaba kimga va nima uchun yordam berganimiz haqida
bir-birimizga aytib beramiz. U kim edi? Eng yaqin qarindoshingizmi, yaqin do‘stingizmi,
balki u mutlaqo notanish kishidir?.. Xo‘sh, u kishini esladingizmi? Endi qanday sharoitda
ro‘y berganini eslang. U kishi o‘zi yordam so‘radimi yo bu sizning tashabbusingizmidi?
kim boshqalarga ko‘rsatgan beg‘araz yordami haqida gapirib berishga tayyor?
Hikoya davomida boshqa qatnashchilar so‘zlovchining gapirish uslubi, imo-
ishoralari, tanaffuslariga va shu kabilarga e’tibor qilib tinglashlari kerak.
“Olma” o‘yini
qatnashuvchilar davra qurib o‘tiradilar. Boshlovchi “Mening ismim... Men ...ni
yaxshi ko‘raman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)”, deydi va olma (koptok)ni
biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham o‘z navbatida o‘zini
shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O‘yin barcha ishtirokchilar
o‘zlarini tanishtirib bo‘lgunlariga qadar davom etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo‘lgan jumlalar:
Men ...ni yaxshi ko‘raman.
Bolalagimdan yaxshi ko‘rgan ovqatim ... edi.
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) – ...
Do'stlaringiz bilan baham: |